Kontent qismiga oʻtish

Mendoza provinsiyasi

Koordinatalari: 34°30′00″N 68°30′00″E / 34.50000°N 68.50000°E / 34.50000; 68.50000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mendoza provinsiyasi

Mendoza
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
34°30′00″N 68°30′00″E / 34.50000°N 68.50000°E / 34.50000; 68.50000
Mamlakat Argentina
Maydon 148,827 km2 (57,462 kv mi)
Aholisi
2,014,533 (2 022)
Mendoza provinsiyasi xaritada

Mendoza (ispancha: menˈdosa) rasmiy nomi Mendoza provinsiyasi boʻlib, Argentinaning gʻarbiy-markaziy qismidagi provinsiyasidir. Shimolda San-Xuan, janubda La Pampa va Neuken, sharqda San-Luis va gʻarbda Chili respublikasi bilan chegaradosh. Xalqaro chegara And togʻ tizmasi bilan belgilanadi. Poytaxti Mendoza shahri hisoblanadi. Hudud 148,827 km² maydonni qamrab oladi va Argentinaning yettinchi yirik provinsiyasi boʻlib, mamlakat umumiy maydonining 5,35% ni tashkil qiladi. 2022-yilgi maʼlumotga koʻra aholisi 2 014 533 kishini tashkil etadi, bu mamlakatning eng koʻp aholisi boʻlgan beshinchi mintaqasi yoki umumiy aholining 4,38 foizi ushbu provinsiyada istiqomat qiladi deganidir.

Arxeologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bu hududning birinchi aholisi Golotsen davridan boʻlgan, ammo ularning hayot tarzini oʻrganish uchun yetarli maʼlumot mavjud emas. Miloddan avvalgi 300-yillarda bu yerdagi Atuel daryosi havzalarida ovchilik hamda makkajoʻxori, qovoq va loviya yetishtirish bilan shugʻullanuvchi bir guruh odamlar yashagan. 1776-yilda Rio-de-la-Plata vitse-qirolligi tashkil etilgunga qadar, hozirgi Mendoza provinsiyasi hududi Chili general-kapitanligiga tegishli edi.

Mendoza shahri.
Mendoza uzumining hosili (1890-yil).
Qorli And togʻlari.

Uspallata kabi bir qator vodiylar And togʻlarini Prekordilyera past togʻlaridan ajratib turadi. Sharqda Kuyean tekisliklarini Desaguadero daryosining irmoqlari kesib oʻtadi. Boshqa muhim daryolari esa Mendoza daryosi, Tunuyan daryosi, Diamante daryosi va Atuel daryolari hisoblanadi. Provinsiyaning butun hududi iqlimi kontinental, quyoshli va quruq, yozi iliq, qishi nisbatan sovuq. Yogʻingarchilikning kamligi hamda kecha va kunduz oʻrtasidagi katta harorat farqi tufayli qurgʻoqchil tuproq asosan kserofitlar va kam sonli daraxtlarning oʻsishiga imkon beradi. Yillik yogʻingarchilik 150 dan 350 mm gacha, doʻl esa mintaqaviy uzumchilikda muhim va kam uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi[1].

And togʻlari ostidagi uzumzor.

Butun dunyoga uzumchilik bilan tanilgan[2] Mendoza iqtisodiyoti juda xilma-xildir. Uning 2013-yildagi ishlab chiqarish hajmi 18,8 milliard AQSh dollariga baholangan[3]. Sharobdan tashqari Argentina bozori uchun olma, nok, pomidor, piyoz, olxoʻri, zaytun, gilos, shaftoli va behi kabi mahsulotlar ham yetishtiriladi. 30 000 asalari uyalariga ega boʻlgan asalarichilik Mendozaning quruq ob-havosi tufayli rivojlanayotgan yana bir faoliyat turidir.

Viloyat hukumati odatiy uchta boʻlimga boʻlingan: ijro hokimiyati, qonun chiqaruvchi va sud tizimi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat deputatlar palatasi va Senatdan iborat ikki palatali organdir. Qonun chiqaruvchi organ mahalliy qonunlarni kiritish va qabul qilish bilan shugʻullanadi. Mendoza provinsiyasi Konstitutsiyasi provinsiyaning rasmiy qonunini tashkil qiladi. Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina federal politsiyasi hisoblanadi, ammo qoʻshimcha ishlarni Mendoza provinsiyasi politsiyasi amalga oshiradi.