Kontent qismiga oʻtish

Membrananing yorilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Membrananing yorilishi (ROM-xalqaro atama) yoki amnioreksis, homiladorlik davrida amniotik qopning yorilishini tasvirlash uchun ishlatiladigan atama hisoblanadi. Odatda, u tug'ruq paytida yoki boshida to'liq siklda,o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Membrananing yorilishi xalq tilida " suv buzlishi" yoki " suv ketishi" deb nomlanadi. Membrananing muddatidan oldin yorilishi (PROM) - tug'ruq boshlanishidan oldin sodir bo'lgan amnionning yorilishi. Bu odatda homiladorlikning 37-haftasidan oldin sodir bo'ladi. [1] Qo'shma Shtatlarda yiliga 120 000 dan ortiq homiladorlik membranalarning muddatidan oldin yorilishi kuzatiladi, bu esa erta tug'ilishning uchdan bir qismiga sabab bo'ladi. [2]

Ba'zida bola amniotik qopning yorilishi (membranalarning yorilishi)siz tug'iladi.Ya'ni,bola tug'ilishi muddatida amnioreksis jarayoni sodir bo'lmaydi.Bunday hollarda, bola hali ham tug'ilgandan keyin butunlay amnion qopi ichida bo'lishi mumkin; bunday tug'ilish parda bilan tug'ilishi deb ataladi.

Ta'siri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amniotik qop yorilib ketganda, prostaglandinlarning ishlab chiqarilishi oshib ketadi va homila bilan bachadon o'rtasidagi ta'siri kamayadi, bu ikkalasi ham bachadon qisqarishining chastotasi va intensivligini oshiradi. [3]

Ba'zida, membranalarning yorilishi bilan, ayniqsa, bosh bog'lanmagan bo'lsa, kindik ipida prolaps paydo bo'lish ehtimolligi bor. Kordon prolapsasi akusherlikda favqulodda holat hisoblanadi, chunki tushayotgan bosh homila-plasental qon aylanishini to'sib qo'yishi mumkin.

Membranalar yorilib ketgandan so'ng, bakteriyalar va infeksiyalar faollashib, amnionit va homila infeksiyalanishiga olib kelishi mumkin.

Membranalarning muddatidan oldin yorilishi homilaga ko'plab ta'siri, masalan, bu ularning erta tug'ilish xavfini oshiradi va neonatal yoki perinatal asoratlarga duch keladi.

Aniqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Membrananing yorilishini aniqlash asosan quyidagilarni o'z ichiga oladi: [4]

  • Pooling testi : vaginada amniotik suyuqlik to'planishini tasvirini aniqlash oqali
  • Nitrazin qog'oz sinovi
  • Fern testi
  • Amniotik suyuqlik indeksi

Natijalar infetsiyani aniqlashda taxminan 90%gacha aniq bo'lishi uchun arborizatsiya testi va nitrazin qog'oz testini kombinatsiyalangan holda foydalanish mumkin. [5] Arborizatsiya testi bemorning vaginal sekretsiyasini baholas, nitrazon qog'oz testi esa vaginal pH darajasini tekshirish uchun nitrazin qog'ozidan foydalanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo'shimcha havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Pregnancy

  1. Medina, Tanya (February 15, 2006). "Preterm Premature Rupture of Membranes: Diagnosis and Management". American Family Physician: 659–664. https://www.aafp.org/afp/2006/0215/p659.html. 
  2. Mercer, Brian (January 2003). "Preterm premature rupture of the membranes". Obstetrics & Gynecology 101: 178–193. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0029784402023669. 
  3. American Pregnancy Association > Inducing Labor Last Updated: 01/2007
  4. Bennett, S.; Cullen, J.; Sherer, D.; Woods Jr, J. (2008). "The Ferning and Nitrazine Tests of Amniotic Fluid Between 12 and 41 Weeks Gestation". American Journal of Perinatology 10 (2): 101–104. doi:10.1055/s-2007-994637. PMID 8476469. 
  5. Davidson, Kim (December 1991). "Detection of Premature Rupture of the Membranes". Clinical Obsterics and Gynecology 34: 715–722. https://journals.lww.com/clinicalobgyn/Citation/1991/12000/Detection_of_Premature_Rupture_of_the_Membranes.7.aspx.