Meliorativ rayonlashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meliorativ rayonlashtirish — yer va suv resurslaridan unumli foydalanish maqsadida melioratsiya obʼyekti (hududi — vodiy, voha, xoʻjalik)ni iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarga koʻra, region, oblast, zona, rayon va kichik rayonlarga boʻlish. Meliorativ rayonlashtirish tabiiy sharoitlarning xususiyatlari va xoʻjalik yuritish ahvolining aks taʼsirini nazarda tutgan holda yerlarning meliorativ holati koʻrsatkichlarini atroflicha oʻrganishga asoslanadi. Keyingi 20—35 yil ichida tuproq-meliorativ va gidrogeologik-meliorativ rayonlashtirish uslubiyati (B. Fedotov. M. Pankov, L. Rozov, V. Kovda, D. Kats, M. Krilov, N. Hojiboyev va boshqalar) ishlab chiqildi. Sugʻorma dehqonchilik rayonlaridagi tajribasugʻorish st-yalari va ilgʻor xoʻjaliklarda oʻtkazilgan koʻp yillik tadqiqotlar asosida gidromodul boʻyicha rayonlashtirish usullari ham ishlab chiqilgan (V. Legostayev, B. Konkov, B. Fyodorov va boshqalar). Alohida xoʻjalik dalalari va yer massivlari boʻyicha Meliorativ rayonlashtirish agromeli-orativ rayonlashtirish deyiladi. Umumiy majmuada gidrotexnik melioratsiyaning fundamental ahami-yati, ularning melioratsiya obʼyektining gidrologik va tuproq sharoitlariga taʼsir etish xususiyatlari takso-nomik birliklar (meliorativ oblast, rayon, kichik rayon, uchastka)ni ajratish uchun asos boʻladi; ularning doirasida meliorativ majmuaning tabaqalashtirilgan parametrlari (shoʻr yuvish va sugʻorish normalari, suv berish texnikasi elementlari, drenaj tipi va uning jadalligi va boshqalar) meliorativ holat koʻrsatkichlarini boshqariladigan tartibga solishni va optimal meliorativ rejimni taʼminlaydi. Sugʻoriladigan yerlarni rayonlashtirishda sizot suvlarning oqib chiqishining gidrogeologik sharoitlari katta ahamiyatga ega. Shunga koʻra, sizot suvlari yetarli darajada va kuchsiz oqib chiqib ketadigan, amalda chiqib ketmaydigan meliorativ zonalarga boʻlinadi. Sugʻoriladigan vohalar va zaxi qochiriladigan maydonlar geomorfologik tuzilishining oʻziga xosligi, gidrogeologik, tuproq jarayonlari sharoiti, yoʻnalishi alohida axdmiyatga ega.

Litologomorfologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari turlicha boʻlgan katta xududni Meliorativ rayonlashtirishda bir zona ichida bir nechtadan meliorativ oblastlar, rayonlar, bir necha kichik rayonlar boʻlishi mumkin. Mas, Qarshi choʻlini Meliorativ rayonlashtirish da 2 ta zona (boʻz va choʻl), 6 ta meliorativ oblast, 15 ta rayon, 31 ta kichik rayon farqlangan (M. M. Rasulov, 1976). Sugʻoriladigan yerlarni Meliorativ rayonlashtirishda qoʻllaniladigan tadbirlarni belgilashda yerdan foydalanish koeffitsiyenti ham hisobga olinadi.

Meliorativ rayonlashtirishda har bir meliorativ oblast, rayon, kichik rayon va ulardagi tuproq guruhi uchun tavsiya etiladigan tadbirlar turi, tarkibi va koʻlami obʼyektning tabiiy hamda irrigatsion-xoʻjalik sharoitlarini atroflicha hisobga olinib belgilanadi. Meliorativ rayonlashtirish bajariladigan ishlarning texnik yechimi uchun ilmiy asos boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdurahim Ermatov va Ziyomiddin Artukmetov OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil