Kontent qismiga oʻtish

Mel Ferrer

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mel Ferrer

Mel Ferrer 1960-yilda
Tavalludi 25-avgust 1917
Vafoti 2-iyun 2008
Santa-Barbara, AQSH
Kasbi Aktyor, film rejissor, film produser
Faoliyat yillari 1937-1998
Yoʻnalish vestern

Mel Ferrer (inglizcha: Mel Ferrer; 1917-yil 25-avgust — 2008-yil 2-iyun) amerikalik aktyor, rejissor va produser.

Melchor Gaston Ferrer[1] Uning ajdodlari katolik boʻlgan. Ispaniya (Kataloniya) va Irlandiyadan kelgan muhojirlar edi.[2] Nyu-Jersida tugʻilgan. Ferrer oʻzining aktyorlik faoliyatini 1930-yillarning oʻrtalarida yozgi teatrlardagi chiqishlardan boshlagan. 1937-yilda u Brodvey tatrida raqqos sifatida faoliyatini boshladi va ikki yildan soʻng u aktyorlik debyutini qildi.

1946-yilda Ferrer Brodvey spektakllaridan birida rejissor sifatida ishladi va shu bilan birga rejissor sifatida debyut qildi. Faoliyati davomida u oʻnta film suratga oldi, shuningdek, kino va televideniyada yuzdan ortiq rollarni ijro etdi. Uning kino asarlari orasida eng koʻzga koʻringanlari „Skaramuche“dagi Noel (1952), „Lili“ dagi Pol Bertalelet (1953), „Davra stol ritsarlari“da Artur (1953), „Urush va tinchlik“da Andrey Bolkonskiy (1956) va „Quyosh ham chiqadi“ dramasidagi Robert Kondir(1957).

Produser sifatida u oʻzini 1967-yilda suratga olingan, oʻz rafiqasi Odri Xepbern bosh rolni ijro etgan „Qorongʻigacha kutib turing“ trillerida muvaffaqiyatli koʻrsatdi. Oʻgʻli Shonni dunyoga keltirgan Xepbernga uylanishidan oldin aktyor uch marta turmush qurgan va besh farzandning otasi edi[3][4] 1971-yilda, Xepbern bilan ajrashganidan uch yil oʻtgach, Ferrer boshqa turmush qurdi (beshinchi marta: Yelizaveta Suxotina), bu safar 2008-yil iyun oyida yurak yetishmovchiligidan vafot etguniga qadar umrining oxirigacha rafiqasi bilan yashadi.

Kino sanoatiga qoʻshgan hissasi uchun Mel Ferrer "Shon-shuhrat xiyoboni"da yulduzga ega.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
YilFilm nomiRol
1947The FugitiveSerning otasi
1950Born to Be BadGobbi
1952Rancho NotoriousPol Bertale
1953LiliFrenchi Feyrmont
1953Knights of the Round TableQirol Artur
1956War and PeaceAndrey Bolokonskiy
1956Elena et les HommesAnri de Shevenkur
1957The Sun Also RisesRobert Kon
1959The World, the Flesh and the DevilBenson Taker
1960Et mourir de plaisirLeopoldo de Kranshteyn
1960The Hands of OrlacStiven Orlak
1962Le Diable Et Les Dix CommandementsFilip Allan
1962The Longest DayRobert Heyns
1963Charadetungi klubdagi kashanda
1964Paris When It Sizzlesshifokor Djekkil va mister Hayd
1964Sex and the Single GirlRudi de Mayer
1967Wait Until Dark
1973ColumboDjerri Parks
1974Marcus Welby, M.D.Karlo
1975La polizia accusa: il Servizio Segreto uccidetergovchi Mannino
1975Morte sospetta di una minorennepolitsiyachi
1977Eaten AliveHarvi Vud
1977BarettaAleks Kreymer
1977Hawaii Five-OEmil Radik
1979L’ Isola degli uomini pesceRedkliff
1979DallasHarrison Peydj
1980Mangiati viviprofessor Karter
1980Incubo sulla città contaminatageneral Marchison
1980Lili MarleenDavid Mendelson
1981Falcon CrestFilipp Erkinson
1981One Shoe Makes it MurderKarl Charnok
1982The Love BoatJek Pauers
1985HotelGarret Hardi
1985Murder, She WroteErik Bram
1985Peter the GreatFrederik
1986Outrage!sudya Maykl Lengel
  1. Some sources spell his first name as MELCHIOR but this is incorrect based on Ferrer’s records at Princeton University. Also he was named for his paternal grandfather, Melchor Ferrer. And the name MELCHOR G. FERRER was used on the cover of Titoʻs Hats, a childrenʼs book that Ferrer wrote in 1940.
  2. "Joseph OʻDonohue, Real Estate Man, Dead", The New York Times, October 31, 1937
  3. "Catharsis", Time, 10 February 1941
  4. Helen Colton, „Reluctant Star“, The New York Times, 4 September 1949