Mehrjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Niderlandiyadagi Mehregan Fors kuz festivalidagi stol, 2011 yil
Tojikistonliklar Dushanbeda Mehrgon bayramini nishonlaydilar

Mehrjon, Mehrgon — kuzgi teng kunlikda kuz bayrami sifatida oʻtkazilgan bayram. Miloddan avvalgi 1 ming yillik boshida bunday kuzgi bayramlar turli joylarda, mas, Eronda va boshqa joylarda M., koʻhna Xorazmda — Chiriruj, Sugʻ-dda esa Nimsarda nomi bilan mashhur boʻlgan. Oʻrta ayerlarda Mehrgon (M.) muhim bayramlardan biri sifatida nishonlanib kelingan. Baʼzi mamlakatlarda Mehrgon davlatning rasmiy bayrami sifatida oʻtkazilgan. Shu maqsadda davlat xazinasidan mablagʻ ajratilgan, sovgʻalar tarqatilgan, yurtga osh berilgan, sayillar, musobakalar, tomoshalar uyushtirilgan. M. qad. dehqonchilik madaniyati bilan bogʻliq bayramdir. Musulmon ulamolari bu bayramni zardushtiylikka daxldor udumlar deb, oʻtkazilishiga qarshilik koʻrsatishgan. Shu boisdan boʻlsa kerak, M. bayramini nishonlash asta-sekin toʻxtagan.

20-asrning 90-yillarqsan M. dastlab Tojikistonda, soʻng Oʻzbekistonda qayta nishonlana boshlandi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil