Kontent qismiga oʻtish

Mehmet ogʻa masjidi

Masjid
Mehmet ogʻa masjidi
grekcha: Μεχμέτ Αγά Τζαμί
Mamlakat Gretsiya
HududJanubiy Egey
ShaharRodos
Koordinatalar36°26′37″N 28°13′34″E / 36.44361°N 28.22611°E / 36.44361; 28.22611
Meʼmoriy uslubUsmonli meʼmorchiligi
Asosiy sana:
1819-yil
MaqomiMasjid
(1819–1940-yillar)
Gumbazlar soni1 ta
Gumbazlar soni1 ta
Minoralar soni1 ta
Minoralar soni1 ta
Qurilish materiallaritosh, yogʻoch, gʻisht

Mehmet ogʻa masjidi (grekcha: Μεχμέτ Αγά Τζαμί, turkcha: Mehmet Ağa Camii) sobiq masjid boʻlib, Rodosning eski devorli shahri ichidagi Sokratous koʻchasida, shu nomli orolda, Janubiy Egey mintaqasining janubiy qismida, Gretsiyada joylashgan[1]. 1819-yilda Usmonlilar davrida qurilgan bu masjid ehtimol 1940-yillarda oʻz faoliyatini yakunlagan va hozirda ibodat uchun ochiq emas.

Mehmet ogʻa masjidi oʻz mavjudligi davomida arxitekturaviy, bezak, bitik unsurlari va boshqalar nuqtai nazaridan bir necha rivojlanish bosqichlaridan oʻtgan[1]. U 1819-yilda avvalgi, vayron boʻlgan masjid oʻrnida qurilgan va 1875-yilda 1856-yil zilzilasidan soʻng keng miqyosda qayta taʼmirlangan. Ikkinchi jahon urushi davrida jiddiy zarar koʻrgan va undan keyin, 1948-yilda restavratsiya ishlari olib borilgan. 1970-yillarda, yomon ahvolda boʻlgan minora va balkon olib tashlangan. 2004-yilgi taʼmirlash ishlari ayniqsa shu ikki unsurning qayta qurilishini oʻz ichiga olgan[2][3].

Oʻz xususiyatlari va oʻziga xos koʻrinishi tufayli Rodosdagi Usmonlilar davriga oid eng mashhur sobiq masjid hisoblanadi[1].

Masjid Bursa I[oydinlashtirilsin] turidagi inshootlarga mansub boʻlib, kvadrat yoki toʻrtburchak maydondan iborat, ichki qismi esa gumbaz bilan yopilgan boʻladi. Biroq Mehmet ogʻa masjidida gumbaz emas, balki yogʻochdan ishlangan ikki qavatli tom mavjud[4]. Mehrob taxminan 1 metr (3 ft 3 in) diametrli yarim doira shaklidagi oʻyma boʻlib, qibla devorining oʻrtasida joylashgan va uchbargli bezak bilan yakunlangan[5]. Tashqi derazalarning yuqori qismi uchli kamarli toʻrtburchak teshiklar qatori bilan bezatilgan. Devorlar qizil tuf toshidan qurilgan boʻlib, ularning barchasi inshootda qayta ishlatilgan[6]. Koʻrinishidan masjidning ostki qavati dastlab masjid boʻlmagan, balki aslida Gospitalyer ritsarlari tomonidan qurilgan eski inshoot vayronalari ustida qad rostlagan[6].

U Makka tomonga yoʻnalgan holda qurilgan (shuning uchun ostki qavatiga nisbatan burilgan), bu esa koʻchada tayanch ustun qurish zaruratini keltirib chiqargan[7].

Hozirgi minorasi yogʻochdan yasalgan[3]. Eski minoradan hech narsa qolmagan, chunki u butunlay Yunoniston madaniyat vazirligi tomonidan yangilangan[8]. Uning koʻp qirrali shakli, boshqa qalamga oʻxshash usmonli minoralaridan farqli oʻlaroq, undagi arab taʼsiridan dalolat beradi[7].

Hovlidagi favvora 1875-yildagi ikkinchi qurilish davrida qoʻshilgan boʻlib, ikki vazifani bajargan: birinchisi, namozdan avval tahorat olish uchun, ikkinchisi esa koʻchadagi odamlar ichgan chashma (buloq) sifatida xizmat qilgan[9]. Favvora devori toʻrtta tosh ustun bilan ajratilgan uchta gorizontal qismga boʻlingan; marmar panellar uchli kamar shaklidagi geometrik bezaklar bilan ishlangan[9].

  1. 1 2 3 Panagiotidi, Kalopisi & Mamaloukos 2010, s. 91.
  2. Konuk 2008, ss. 20–21.
  3. 1 2 „el:Το Τζαμί Μεχμέτ Αγά“ [The Mehmet Agha Mosque] (el). wondergreece.gr. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
  4. Panagiotidi, Kalopisi & Mamaloukos 2010, s. 94.
  5. Panagiotidi, Kalopisi & Mamaloukos 2010, s. 100.
  6. 1 2 Panagiotidi, Kalopisi & Mamaloukos 2010, s. 93.
  7. 1 2 „arxiv nusxasi“ [Mehmet Agha Mosque] (el). tourism.rhodes.gr. 2021-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
  8. Panagiotidi, Kalopisi & Mamaloukos 2010, s. 112.
  9. 1 2 Panagiotidi, Kalopisi & Mamaloukos 2010, s. 108.