Mehmet emin Yurdaqul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mehmet emin Yurdaqul (1869.1.5 — Istanbul — 1944.14.1) — turk shoiri. "Turk yurdu" va "Turk oʻchogʻi" jamiyatlari asoschilaridan biri. Istan-buldagi Beshiktosh harbiy maktabi, Saroy, Mulkiya va huquq maktablarida tahsil olgan. Dastlabki sheʼriy toʻshtami — "Fazilat va adolat" (1891). Ijodida vatanga boʻlgan mehri, tur kiy olam bilan bogʻliq fikr-tuygʻulari, orzu-xayollari aks etgan ("Jangga ketarkan", 1897). "Turkcha sheʼrlar" (1898), "Turk sozi" (1914) sheʼriy toʻplamlarida oʻzi yashagan jamiyat kirdikorlari fosh qilingan. "Qoʻy, men hayqiray" (1914), "Ey turk, uygon!" (1914), "Zafar yoʻli" (1918) sheʼriy toʻplamlarida Turon yurti madh etilib, oʻzbek, qozoq, usmonli, koʻkturk, tatar va boshqalarni bir butunning boʻlaklari ekanligini taʼkidlab, ularni birlashtirishga daʼvat etgan.

M. E. "Tong sadolari" (1915), "Qoʻshin dostoni" (1916), "Xasta boquvchi xonimlar" (1917), "Turonga qarab" (1918), "Isyon va duo" (1919), "Oydin qizlari" (1921), "Anqara" (1939) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi. Ayrim sheʼrlari oʻzbekchaga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Ey turk, uygʻon!, T., 1997.