Mehmed rauf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mehmed rauf (1875- Istanbul -1931.23.12) — turk yozuvchisi. Dengizchilar bilim yurtini tugatgan (1893). Istanbuldagi elchilik kemalaridan birida aloqa ofitseri boʻlib xizmat qilgan. 1908 yil harbiylikdan isteʼfoga chiqib, tijorat bilan shugʻullangan. Ilk hikoyasi — "Tushkunlik" (1891, "Dushmush") adabiy jamoatchilik tomonidan yuksak baholangan. Ijodiy kamolotida Xolid Ziyoning taʼsiri katta boʻlgan. M. R. bir qancha oq sheʼrlar, hikoyalar, romanlar ("Qora mar-varid", 1901, "Talvasa", 1909 va boshqalar) hamda "Panja" (1909) pyesasini yozgan. "Sentyabr" (1901, "Eylul") asari bilan turk psixologik romaniga asos solgan. Asarlaridagi asosiy mavzu sevgi, muhabbat, insonning ruhiy holatini tasvirlash. M. R. "Chinnigul va yasmin" (1924), "Yosh qiz qalbi" (1925), "Maymunjon" (1926), "Dafina" (1927), "Qon tomchisi" (1928) romanlari, "Oshikrna" (1909), "Xonimlar orasida" (1914), "Bir ishq tarixi" (1915), "Uch hikoya" (1919), "Ilk zavq" (1923), "Ishq kechalari" (1924) hikoyalar toʻplami, "Ferdi va oʻrtoklari" (1909), "Kurash" (1911), "Suvsar" (1920) kabi pyesalar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil