Mehdi hasan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mehdi hasan (1934, Hindiston, Rojasthon shtati) — xonanda va bastakor. Dastlabki musiqa saboqlarini otasi Azimxon va amakisi Ismoilxonlardan olgan. 8 yoshidan sayil, bayram va toʻylarda qatnashib, oʻzining moʻʼjaz ijroyeib-n xalq olqishiga sazovor boʻlgan. 1947 yildan Pokistonning La-hor shahrida istiqomat qiladi. 18 yoshga qadar "Bheyrav", "Malkuns", "Megh" /kggolarini ijro etib, "Txumri", "Xayol", "Git" kabi "gʻazal" janriga mansub asarlarni mukammal egallagan. Urdu, hind, fors, pushtu, sind, rojastoniy va boshqa tillarda yaratgan mumtoz hamda zamondosh shoirlar sheʼrlari asosida bastalagan asarlari butun Pokiston va Hindistonda ommalashib ketgan. Shuning uchun M. H. "Gʻazal sultoni" nomiga sazovor boʻlgan. Ayniqsa, uning 10 xil (akar) ovoz ishlatish uslubi mashhur. Osiyo, Amerika, Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijro etgan asarlari (jumladan, kinofilmlarga maxsus yaratilgan qoʻshiklari) gramplastinka, lazer disklarida chiqarilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil