Megreliya knyazligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Megreliya knyazligi - Gʻarbiy Gruziyadagi knyazlik (16-asr oʻrtasi — 1867). 16-asr oʻrtalarida u Imeretiya podshohligi tarkibidan ajralib chiqqan. 1550 yildan uning Dadiani xonadonidan boʻlgan hokimlari Imereti podshoxlarining hokimiyatini nomigagina tan olganlar. 17-asr boshigacha Megreliya knyazligi tarkibiga Abxaziya ham kirgan. 1857 yil Rossiya imperatorining Kavkazdagi noibi knyaz Baryatinskiy Megreliya knyazligida vujudga kelgan ichki nizolar, dehqonlar qoʻzgʻoloni va boshqalardan foydalanib u yerda rus boshqaruvini joriy qilgan. Megreliya knyazligi yuridik jihatdan rasman 1867 yil barh-am topgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil