Medhi Benatia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Medhi Benatia
Benatia 2018-yil Jahon chempionati Marokash safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Medhi Amine El Mouttaqi Benatia[1]
Tavallud sanasi 17-aprel 1987-yil (1987-04-17) (36 yosh)
Tavallud joyi Courcouronnes, Fransiya
Boʻyi 1.90 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2002 Clairefontaine
2002-2003 Guingamp
2003-2005 Marseille
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005-2008 Marseille 0 (0)
2006-2007 Tours (ijara) 29 (0)
2007-2008 Lorient (ijara) 0 (0)
2008-2010 Clermont 57 (2)
2010-2013 Udinese 80 (6)
2013-2014 Roma 33 (5)
2014-2017 Bayern Munich 29 (2)
2016-2017 Juventus (ijara) 12 (1)
2017-2019 Juventus 28 (2)
2019-2021 Al-Duhail 38 (1)
Milliy terma jamoa
2005 Fransiya U18 1 (0)
2006-2007 Marokash U20 4 (0)
2009-2019 Marokash 66 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9 dekabr uchun)

Medhi Amine El Mouttaqi Benatia (1987-yil 17-aprelda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Benatia xalqaro oʻyinlarda Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U terma jamoa safida 66 ta xalqaro oʻyinda ishtirok etgan va eng muhimi, 20 yil ichida birinchi Jahon kubogida sardorlik qilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benatia Fransiyaning Kurkuron shahrida marokashlik ota va jazoirlik ona oilasida tug‘ilgan[3][4].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marsel[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benatia 2003-yilda „Marsel“ga kelib qoʻshilgan va ular bilan ilk professional shartnomasini imzolagan[5]. Tours va Lorientda ijarada oʻynaganidan soʻng, u 2008-yilning 1-iyulida Liga 2 klubi „Clermont“ga tekinga oʻtib ketadi.

Udinese[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning 1-iyulida Benatia A Seriyaning „Udineze Calcio“ klubiga yana erkin agent sifatida oʻtadi. U „Udineze“ safida 80 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.

Roma[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 13-iyulida Benatia 13,5 million yevro evaziga Romaga transfer qilindi va 5 yillik shartnomaga imzoladi[6]. 26-sentyabr kuni Benatia klub safida birinchi golini „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[7].

Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benatiya 2014-yilda „Bavariya“da oʻynagan

2014-yil 27-avgustda Myunxenning „Bavariya“ klubi Benatiani[8] 26 million yevro evaziga Roma klubidan transfer qildi va besh yillik shartnoma imzoladi[9][10]. „Bavariya“dan tashqari Benatia uchun „Manchester City“, "Chelsea", "Barcelona" va "Real Madrid" kabi klublar kurash olib bordi[11]. U „Roma“ni tark etganidan hafsalasi pir boʻlganini aytadi va klub uni pul uchun sotib yuborganligini taʼkidlab oʻtadi[11]. Buni eshitgan „Roma“ prezidenti Jeyms Pallotta gʻazablanib, „poisonous liar“ (yolgʻonchi) boʻlgani uchun uni sotib yuborganini aytib javob qaytaradi[12].

Yuventus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benatia „Yuventus“ bilan 2018-2019-yilgi mavsumoldi oʻyinlarida

2016-yilning 15-iyulida Italiya chempioni "Yuventus" Benatiani 3 million yevro evaziga Bavariyadan 17 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi[13][14]. U klubdagi debyutini 27-avgust kuni A Seriya doirasida „Lazio“ ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[15].

2017-yilning 10-martida Benatia „Yuventus“ stadionida A Seriya doirasida „Milan“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Yuventus“ safidagi ilk golini urdi[16]. 12-may kuni „Yuventus“ Benatiani 2020-yilgacha doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalandi[17][18].

Al-Duhayl[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida[19] atigi beshta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng, 2019-yilning yanvar oyida Benatia Qatar Yulduzlar ligasining „Al-Duhail“ klubiga o‘tdi[20][21]. 28-yanvar kuni „Yuventus“ Benatia transferidan 8 million yevro va bonuslar bilan 2 million yevro ishlab oldi[22]. U 16-fevral kuni Qatar Yulduzlar ligasida „Al-Sayliya“ga qarshi o‘yinda (1:0) „Al-Duhail“ safida debyut qildi[23].

Fotih Karagümrük[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning yozida u Turkiya Superligasining „Fotih Karagumruk klubiga oʻtdi. U 2021-yil 9-dekabrda professional futbol faoliyatini yakunlashdan oldin oltita ligada oʻynadi[24].

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benatia 2011-yil iyun oyida Jazoirga qarshi oʻyinda.

Benatia Marokash terma jamoasi safida debyutini 2008-yil 19-noyabrda Kasablankadagi Muhammad V stadionida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) o‘tkazdi[25]. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 4-iyunida „Stad de Marrakech“ stadionida Afrika Millatlar kubogi-2012 saralash bosqichi doirasida Jazoirga qarshi oʻyinda urdi[26].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Umumiy Manba
League Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Tours (ijara) 2006-07 Ligue 2 29 0 1 0 0 0 30 0 [27]
Lorient (ijara) 2007-08 Ligue 1 0 0 1 0 0 0 1 0
Clermont 2008-09 Ligue 2 27 1 1 0 0 0 28 1 [28]
2009-10 Ligue 2 30 1 0 0 2 0 32 1 [27][28]
Total 57 2 1 0 2 0 60 2
Udinese 2010-11 Serie A 34 3 0 0 34 3 [28]
2011-12 Serie A 27 1 0 0 11 1 38 2 [28]
2012-13 Serie A 19 2 0 0 6 0 25 2 [28]
Total 80 6 0 0 17 1 97 7
Roma 2013-14 Serie A 33 5 4 0 37 5 [28]
Bayern Munich 2014-15 Bundesliga 15 1 2 0 7 1 0 0 24 2 [29]
2015-16 Bundesliga 14 1 1 0 6 0 1 0 22 [30]
Umumiy 29 2 3 0 13 1 1 0 46 3
Juventus 2016-17 Serie A 15 1 1 0 5 0 0 0 21 1 [28]
2017-18 Serie A 20 2 3 2 8 0 1 0 32 4 [28]
2018-19 Serie A 5 0 0 0 1 0 0 0 6 0 [28]
Umumiy 40 3 4 2 14 0 1 0 59 5
Al-Duhail 2018-19 Qatar Yulduzlar ligasi 7 1 1 0 7 1 15 2 [27][28]
2019-20 Qatar Yulduzlar ligasi 18 0 2 0 6 0 26 0 [27][28]
2020-21 Qatar Yulduzlar ligasi 13 0 1 0 5 0 19 0 [27][28]
Total 38 1 4 0 18 1 0 0 60 2
Fatih Karagümrük 2021-22 Süper Lig 6 0 0 0 0 0 0 0 6 0 [27][28]
Umumiy 312 19 18 2 62 3 4 0 396 24

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollar[27][31]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Marokash 2009 7 0
2010 4 0
2011 5 1
2012 8 0
2013 7 0
2014 4 0
2015 4 0
2016 4 0
2017 9 1
2018 8 0
2019 5 0
Umumiy 66 2
Medhi Benatia tomonidan kiritilgan xalqaro oʻyinlardagi gollar roʻyxati[27]
No. Sana Maydon Raqib Hisob Natija Competition
1 2011-yil 4-iyun Stade de Marrakech, Marrakech, Marokash  Jazoir 1-0 4-0 2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi
2 2017-yil 11-noyabr Stade Félix Houphouët-Boigny, Abidjan, Kot-d’Ivuar  Kot-dʼIvuar 2-0 2-0 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benatia (chapdan beshinchi) „Yuventus“ safida

Marsel

  • UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil

Bavariya[32]

Yuventus[32]

Al-Duhayl[33]

  • Qatar Yulduzlar ligasi: 2019-20
  • Qatar Amir kubogi: 2019

Shaxsiy sovrinlari

  • Yilning CAF jamoasi aʼzosi: 2013, 2014, 2015, 2018[34][35][36][37]
  • Mars d’Or (Eng yaxshi Marokash futbolchisi): 2013, 2014
  • Yilning eng yaxshi arab futbolchisi El Heddaf: 2015-yil
  • „Roma“da mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14[38]
  • „Gran Galà del calcio AIC“ eng yaxshi markaziy himoyachi: 2014-yil[39]
  • Yevropa sport mediasining Yevropadagi mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2013-14[40]
  • A Seriyaning yil jamoasi aʼzosi: 2013-14[41]
  • Qatar Yulduzlar ligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2019-20
  • Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi arab futbolchisi: 2014[42]
  • France Football Africa Yil jamoasi aʼzosi: 2017[43]
  • Goal Afrikaning yil jamoasi aʼzosi: 2018[44]
  • IFFHS CAF 2011-2020 oʻn yillikning eng yaxshi erkaklar jamoasi aʼzosi[45]
  • IFFHS barcha vaqtlardagi Marokash erkaklar jamoasi aʼzosi[46]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „M. Benatia“ (nl). Voetbal International. 27-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-avgust 2014-yil.
  2. „Medhi Benatia“ (it). 19-oktyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-mart 2022-yil.
  3. Yokhin, Michael „Mehdi Benatia – how France lost the best of Generation '87“. ESPN (4-fevral 2014-yil). Qaraldi: 15-fevral 2014-yil.
  4. „INTERVIEW. "Lemerre n'y est pour rien…"“ (fr). Qaraldi: 30-avgust 2014-yil.
  5. Yokhin. „Mehdi Benatia – how France lost the best of Generation '87“. ESPN (4-fevral 2014-yil). Qaraldi: 15-fevral 2014-yil.
  6. „Transfer news: Roma sign defender Mehdi Benatia from Udinese“. Sky Sports (13-iyul 2013-yil). Qaraldi: 15-fevral 2014-yil.
  7. „Another win for Roma“. Sky Sports (25-sentyabr 2013-yil). Qaraldi: 15-fevral 2014-yil.
  8. „Medhi Benatia: Bayern Munich sign Roma defender“. BBC Sport (27-avgust 2014-yil). Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  9. „Transfer von Benatia ist fix“ (de). Süddeutsche Zeitung (26-avgust 2014-yil). Qaraldi: 27-avgust 2014-yil.
  10. „OPERAZIONI DI MERCATO BENATIA“ (it). AS Roma (27-avgust 2014-yil). Qaraldi: 30-avgust 2014-yil.
  11. 11,0 11,1 „Transfer news: Mehdi Benatia says Bayern Munich was obvious choice despite European interest“. Sky Sports (8-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 10-sentyabr 2014-yil.
  12. Pallotta. „Statement by James Pallotta“ (8-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 10-sentyabr 2014-yil.
  13. FC Bayern Munich (15-iyul 2016-yil). „Benatia joins Juventus“. Press-reliz. Qaraldi: 13-iyul 2017-yil.
  14. „Official: Juventus sign Benatia“. Football Italia (15-iyul 2016-yil). Qaraldi: 15-iyul 2016-yil.
  15. Mina Rzouki. „Khedira stars again as Juventus earn a hard-fought win at Lazio“. ESPN FC (28-avgust 2016-yil). Qaraldi: 29-avgust 2016-yil.
  16. Davis, Matt. „Juventus 2–1 AC Milan“. BBC (10-mart 2017-yil). Qaraldi: 11-mart 2017-yil.
  17. „Benatia signs until 2020!“. juventus.com. Qaraldi: 12-may 2017-yil.
  18. FC Bayern Munich (12-may 2017-yil). „Medhi Benatia joins Juventus“. Press-reliz.
  19. „Ex-Juventus defender Benatia sends 'I miss you' message to former teammates“. Calciomercato (6-fevral 2019-yil). Qaraldi: 19-aprel 2020-yil.
  20. Agresti, Romeo. „Benatia leaves Juventus in €10m Qatar deal“. Goal.com. Qaraldi: 27-yanvar 2019-yil.
  21. Domin, Martin. „Mehdi Benatia snubs Man Utd as Juventus star completes shock move“. Daily Mirror (UK) (26-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2019-yil. „The defender has joined Qatari club Al Duhail and will be replaced at Juventus by Martin Caceres“.
  22. Juventus F.C. (28-yanvar 2019-yil). „Thanks for everything, Medhi!“. Press-reliz. Qaraldi: 29-yanvar 2019-yil.
  23. Taiye Taiwo. „Al Duhail's Medhi Benatia thrilled by Qatar Stars League debut win“. Goal.com (17-fevral 2019-yil). Qaraldi: 27-mart 2019-yil.
  24. „Ex-Morocco captain Benatia retires from football“. BBC Sport.
  25. „Mehdi Benatia, une étoile dans le firmament du football marocain“ (fr). Maroc Québec (26-iyun 2016-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2017-yil.
  26. „Football : le Maroc humilie l'Algérie 4 à 0“ (fr). Bladi (5-iyun 2011-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2017-yil.
  27. 27,0 27,1 27,2 27,3 27,4 27,5 27,6 27,7 „M. Benatia“. Soccerway. Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
  28. 28,00 28,01 28,02 28,03 28,04 28,05 28,06 28,07 28,08 28,09 28,10 28,11 28,12 „Medhi Benatia » Club matches“. World Football. Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
  29. „Medhi Benatia“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
  30. „Medhi Benatia“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 14-may 2016-yil.
  31. Medhi Benatia at National-Football-Teams.com
  32. 32,0 32,1 „M. Benatia“. Soccerway. Qaraldi: 30-avgust 2014-yil.
  33. „M. Benatia“. Soccerway. Qaraldi: 30-avgust 2014-yil. „M. Benatia“.
  34. „Glo-Caf Awards Lagos 2013“. cafonline.com (2013). Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
  35. „Glo-Caf Award Winners 2014“ (9-yanvar 2015-yil). 28-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
  36. „Aubameyang, Samatta rule Africa“. cafonline.com (7-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
  37. „Salah and Mane Picked in First Africa Best 11“. FIFPro (8-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2019-yil.
  38. „A.S. Roma Awards 2013–14: Player of the Season“ (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2014-yil.
  39. „Gran Gala del Calcio AIC 2014 - Winners“ (15-dekabr 2014-yil).
  40. „Die ESM-Topelf der Saison 2013/14 – ein Deutscher ist dabei“ (de). kicker.de. Qaraldi: 15-iyun 2014-yil.
  41. „Serie A, Gran Galà del Calcio Aic. Tutte le frasi e i premi“ (it). Tuttosport (15-dekabr 2014-yil). 15-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
  42. „Globe Soccer Awards Best Arab Player of the Year 2016“. Globe Soccer (27-dekabr 2014-yil). 29-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-dekabr 2017-yil.
  43. „Benatia, Ghoulam, Seri, Salah... Voici l'équipe type d'Afrique 2017 de France Football“.
  44. „Revealed: Goal Africa Team of the Year 2018 | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 27-noyabr 2021-yil.
  45. „IFFHS (International Federation of Football for History & Statistics“. IFFHS (28-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
  46. „IFFHS“.