Mbaye Leye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mbaye Leye
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1-dekabr 1982-yil (1982-12-01) (41 yosh)
Tavallud joyi Birkelane, Senegal
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zulte Waregem (menejer)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dakar UC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2004 OC Cesson Sévigné ? (?)
2004—2006 FC Lorient B ? (?)
2006—2007 Amiens SC 15 (3)
2007—2008 Zulte Waregem 47 (25)
2009—2010 KAA Gent 46 (11)
2010—2012 Standard Liège 43 (8)
2012—2014 Zulte Waregem 58 (21)
2014—2015 Lokeren 32 (5)
2015—2017 Zulte Waregem 78 (36)
2017—2018 Eupen 26 (9)
Milliy terma jamoa
2008 Senegal 3 (0)
Boshqargan klublari
2019—2020 Standard Liège (assistent menejer)
2020—2021 Standard Liège
2022— Zulte Waregem
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mbaye Leye (1982-yil 1-dekabrda Kafrinda tugʻilgan) — senegallik futbolchi, hujumchi va murabbiy. Hozirda „Zulte Waregem“ futbol klubi bosh murabbiyi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mbaye Leye Lokeren futbol klubi safida

Mbaye Leye oʻz faoliyatini Fransiyaning „Lorient“ va „Amiens“ jamoalarida oʻynagan. 2007-yilda u Belgiyaning „Zulte Waregem“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u bilan oʻsha yili Yupilligada debyut qilgan. 2009-yil boshida Mbaye „Gent“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-fevral kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u birinchi marta yangi jamoada oʻynagan[1]. Xuddi shu oʻyinda Mbaye Leye „Gent“ futbol klubi uchun birinchi golini urgan. 2010-yilda u klubga Belgiya kubogini yutishda yordam bergan.

2010-yilning yozida Leye „Standard Liège“ futbol klubiga oʻtgan. Yangi jamoa uchun birinchi marta u „Cercle Brugge“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. 3-oktyabr kuni „Anderlecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Mbaye „Standard“ futbol klubi safida oʻzining birinchi golini urgan[2]. Debyut mavsumida u mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan.

2012-yil boshida Mbaye Leye „Zulte Waregem“ futbol klubiga qaytgan. 2013-yilning 18-aprelida „Brugge“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u xet-trik qayd etgan[3]. Oʻsha yili Mbaye chempionatning eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb topilgan. 2014-yilning yozida Leye „Lokeren“ futbol klubiga qoʻshilgan. 16-avgust kuni „Lierse“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[4]. 31-avgust kuni oʻzining sobiq jamoasi „Standard“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Mbaye „Lokeren“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[5]. 11-dekabr kuni Yevropa ligasi doirasida Xarkovning „Metalist Kharkiv“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urgan[6]. Mavsum oxirida Mbaye Leye uchinchi marta „Zulte Waregem“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va unda uchinchi marta Belgiya kubogini qoʻlga kiritgan.

2017-yilning yozida Mbaye „Eupen“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. „Ostend“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u birinchi marta yangi jamoada oʻynagan. Oʻsha oʻyinda Mbaye Leye bu klubdagi ilk golini urgan. 2018-yilning yozida Leye „Muskron-Peruvels“ futbol klubiga qoʻshilgan. 1-sentyabr kuni „Royal Charleroi“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Mbaye Leye Senegal terma jamoasida debyut qilgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zulte Waregem 2008—2009 16 9 0 0 0 0 16 9
Gent 2008—2009 12 4 0 0 0 0 12 4
2009—2010 34 7 5 2 3 1 42 10
2010—2011 0 0 0 0 2 0 2 0
Jami 46 11 5 2 5 1 56 14
Standard Liège 2010—2011 32 5 7 2 0 0 39 7
2011—2012 11 3 0 0 6 1 17 4
Jami 43 8 7 2 6 1 56 11
Zulte Waregem 2011—2012 12 3 0 0 0 0 12 3
2012—2013 36 17 3 1 0 0 39 18
2013—2014 10 1 1 0 3 0 14 1
Jami 58 21 4 1 3 0 65 22
Lokeren 2014—2015 32 5 2 2 8 1 42 8
Zulte Waregem 2015—2016 38 20 2 0 0 0 40 20
2016—2017 40 16 6 2 0 0 46 18
Jami 78 36 8 2 0 0 86 38
AS Eupen 2017—2018 21 9 2 1 0 0 23 10
Umumiy faoliyatida 294 99 28 10 22 3 344 112

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Мехелен VS. Гент 3:3“ (en). soccerway.com (2009-yil 14-fevral). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  2. „Стандард Льеж VS. Андерлехт 5:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 3-oktyabr). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  3. „Брюгге VS. Зюлте Варегем 3:4“ (en). soccerway.com (2013-yil 18-aprel). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  4. „Локерен VS. Льерс 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 16-avgust). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  5. „Локерен VS. Стандард Льеж 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 31-avgust). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  6. „Металлист Харьков VS. Локерен 0:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 11-dekabr). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  7. „Шарлеруа VS. Мускрон-Перювельз 3:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 1-sentyabr). 2018-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.