Rahima Mazohidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mazohidova Rahimadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Rahima Mazohidova (1930.8.3, Qoʻqon) — xonanda va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini M. Qoʻldoshev raxbarligidagi badiiy havaskorlik toʻgaragida boshlagan (1948-54). Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi koshida "Omon yor" ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981 yildan). Teatrda Zebo (U. Hojibekov, "Arshin mol olon"), Tojiniso (S. Abdulla, "Muqimiy"), Nursuluv (K. Shangitboyev, K. Boyseitov, A. Muqamedov, "Jon qizlar"), Mastura satang, Rahima xola (Hamza, "Xolisxon", "Boy ili xizmatchi"), Raʼno (M. Nazarov, "Dust nidosi") kabi bir qancha obrazlar yaratdi. Ular chaqqon va chechan, xajviy va grotesk xususiyatlarga hamda lirik-dramatik, fojiaviy va falsafiy qarashlarga boydir. M. doyra jurligida toʻy marosim qoʻshiupari ("Yor-yor", "Kelin salom" va boshqalar), xalq lapar va yallalari ("Deydi-yo", "Bugmacha bilagim", "Omon yor", "Yalli-yali", "Qarinavo" va boshqalar), ayrim mumtoz asar ("Feruz", "Qoʻqon Ushshogi", "Guluzorim", "Mujgonlarim", "Fargʻona tong otguncha", "Bir kelib ketsun" va boshqalar)larga uzgacha talqin bergan. "Oʻzbekfilm" studiyasining "Oʻtgan kunlar" (1969), "Zulmatni tark etib" (1973), "Ota vasiyati" (1979) filmlarida suratga tushgan. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan takdirlangan (1997).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil