Ы operatsiyasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
«Ы» operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari
Rejissyor(lar) Leonid Gayday
Ssenariynavis(lar) Moris Slobodskoy
Yakov Kostyukovskiy
Leonid Gayday
Rollarda Aleksandr Demyanenko
Aleksey Smirnov
Natalya Seleznyova
Yuriy Nikulin
Georgiy Vitsin
Yevgeniy Morgunov
Bastakor(lar) Aleksandr Zatsepin
Kinematografiya Konstantin Brovin
Muharrir(lar) Valentina Yankovskaya
Distribyutor Mosfilm
Chiqarilgan sanasi
  • 16-avgust, 1965-yil(1965-08-16)
Davomiyligi 90 minut
Mamlakat Sovet Ittifoqi
Til Rus tilida
Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 11-iyul, 2022-yil(2022-07-11) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Ы operatsiyasi haqida sahifa mavjud.
Yekaterinburgda Shurik va Lida sharafiga oʻrnatilgan haykal

„Ы“ operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari (ruscha: Операция „Ы“ и другие приключения Шурика) — 1965-yilda suratga olingan qora komediya. Sovet Ittifoqining eng mashhur komediyalaridan biri. Qisqa metrajli 3 filmdan iborat: „Yordamchi“, „Tanish holat“ va „'Ы' operatsiyasi“[1][2].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Yordamchi" filmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta yoshli bezori Fedya avtobusda homilador ayolga joy bermay, talaba Shurikka qilgan hujumi uchun 15 sutkalik maʼmuriy qamoqqa olinadi. Fedya jazoni oʻtash uchun turar-joy binosi qurilishiga yuboriladi. Xuddi shu qurilishda talaba Shurik ham ishlaydi. Ushbu hikoyadan bexabar boʻlgan bosh usta Pavel Stepanovich, Fedyani Shurikning sherigi etib tayinlaydi. Fedya qulay fursatdan foydalanib, talabaga qoʻlidan kelgan hamma bezorilikni qilishni boshlaydi. Shunga qaramay, Shurik oʻzi uchun qatʼiyat bilan kurashishga muvaffaq boʻladi va jangning oxirida Fedyani magʻlub etib, u bilan tushuntirish ishlarini olib boradi — devor gulqogʻozi ruloniga oʻragan holda savalab, qanotli iborani aytadi: Bu kerak, Fedya, kerak!. Ertasi kuni Fedya barcha ishlarga gʻayrat bilan borishga tayyor boʻladi, ammo unga boshqa ish tayinlangan edi: 15 sutka davomida Shurik bilan ishlash.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Tanish holat" filmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Politexnika institutida imtihon sessiyasi boshlangan. Imtihonga tayyorgarlikni soʻnggi daqiqalargacha qoldirgan Shurik, konspekt izlaydi, ammo ular boshqa talabalar tomonidan olib ketilgan edi. Kutubxonadan ketayotib, u tasodifan oʻziga kerakli konspektlarni notanish talaba qizning qoʻlidagi daftarda koʻrib qoladi. Shurik konspektlarga shunday berilib ketadiki, qanday qilib qizning uyiga borib qolganini ham sezmaydi. Imtihondan soʻng, Shurikning doʻsti uni Lida bilan tanishtiradi va ular orasida oʻzaro simpatiya paydo boʻladi. Shurik Lidaning uyiga tashrif buyurganida, unga uydagi hamma narsa tanish tuyuladi. Lida va Shurik parapsixologik qobiliyatlarni aniqlash uchun ilmiy tajriba oʻtkazadilar. Ushbu tajriba yangi uchrashuvning vaʼdasi bilan tugaydi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Ы" operatsiyasi" filmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savdo bazasining qallob direktori oʻzi qilgan talon-torojliklarni yashirish uchun soxta oʻgʻrilikni uyushtirishni reja qiladi. Bu ishga qoʻrqoq, ahmoq va barzangidan iborat tajribali oʻgʻrilarni yollaydi. Biroq, „Ы“ deb nomlangan ehtiyotkorlik bilan tashkil etilgan va mashq qilingan operatsiya kutilmagan voqea tufayli eng boshida buziladi. Qorovullik uchun, tungi smenaga tayinlangan yumshoq tabiatli ayol emas, balki ayolning uyida ijarada yashovchi, jasur va qatʼiyatli talaba Shurik kelgan edi. Tungi olishuvlardan soʻng, uchlik qoʻlga olinib, militsiyaga olib ketiladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ru:Операция "Ы" и другие приключения Шурика“ (ruscha). KinoExpert.ru. Qaraldi: 12-iyun 2010-yil.
  2. „ru:Операция "Ы" и другие приключения Шурика (1965)“ (ruscha) (deadlink). 5-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2010-yil. (Wayback Machine saytida 5-yanvar 2010-yil sanasida arxivlangan)