Xiuaz Dospanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xiuaz Kairovna Dospanova
Asl ismi Хиуаз Каировна Доспанова
Tavalludi 15-may 1922-yil
Ganyushkin
Vafoti 20-may 2008-yil
Olmaota, Qozogʻiston
Unvoni Katta leytenant
Harbiy  qism 46-„Taman“ gvardiyachi tungi bombardimonchi aviatsiya polki
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Xiuaz Dospanova — (15-may 1922 ‒ 20-may 2008) Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004). Qozogʻistonda Dospanova sharafiga pochta markalari chiqarilgan, haykal va esdaliklar oʻrnatilgan.

Dospanova urush yillarida Jukovskiy nomidagi Moskva Havo kuchlari akademiyasiga olinmagan, chunki oʻsha paytda akademiyaga faqat erkaklar qabul qilingan. Shu sabab u 1941-yil tibbiy insitutga kirgan. 1942-yilga kelib Marina Raskova yetakchiligdagi uchuvchi ayollar polkiga qoʻshilgan.

Dospanova umumiy hisobda 300 soat parvoz qilgan. Toʻrt marotaba jiddiy jarohat olgan va jang maydoniga qaytgan. U jangda qahramonlik koʻrsatgan. U Qizil Yulduz ordeni, Vatan urushi ordeni bilan mukofotlangan va qahramonliklari uchun koʻplab medallar bilan taqdirlangan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]