Xanti tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xanti tili — finugor tillarining obugor guruhiga mansub til. RFning Tyumen (XantiMansi va YamalNenets muxtor okruglari) va Tomsk viloyatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 23 ming kishiga yaqin (20-asroxirlari). Dialektal jihatdan gʻarbiy va sharqiy guruh shevalari farklanadi. Gʻarbiy va sharqiy lahjalar fonetika, morfologiya va leksika sohalarida oʻzaro farq qiladi. Yozuvi, asosan, 20-asrning 1-yarmida: avval lotin grafikasi asosida (1930), keyinchalik rus grafikasi asosida (1937) shakllangan. Badiiy ijodda, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarda, matbuotda gʻarbiy guruh lahjalari (kazim, shurishkar) qoʻllanadi.