Xalqaro konkida uchish ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro konkida uchish ittifoqi
Turi Xalqaro sport federasiyasi
Ishga tushgan sanasi 1892-yil
Joylashuvi ShveysariyaLozanna
Prezident Janubiy Koreya Kim Jayeol
Vebsayti isu.org

Xalqaro konkida uchish ittifoqi[1] (inglizcha: International Skating Union ISU) — konkida uchish sport turlari: figurali uchish, konkida uchish va short-treklarni boshqaradigan xalqaro federasiya sanaladi.

1892-yilda Sxeveningenda (Niderlandiya) tashkil etilgan. Bu eng qadimgi xalqaro sport federasiyalaridan biridir. Tashkilotni yaratishdan maqsad konkida uchish sportining yagona qoidalari va me’yorlarini belgilash, xalqaro musobaqalarni tashkil etishdan iborat. 1895-yilda ISU faqat havaskorlar musobaqasiga e’tibor qaratishga qaror qildi. 1896-yil fevral oyida Sankt-Peterburg  egidligi ostida birinchi chempionat o‘tkazildi[2] .

Ayni kunda federasiyaning bosh qarorgohi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan.

Tashkilot[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil yoz holatiga ko‘ra, ISU 63 ta davlat-a’zolaridan iborat bo‘lib, ulardan 11 tasi boshqaruv kengashi a’zolari sanaladi. Yig‘ilish kun tartibida har qanday taklif kiritish uchun to‘rt-besh nafar a’zolar qo‘llab-quvvatlashi zarur. Kun tartibiga doir takliflar uchdan ikki  foizi yoki ko‘pchilikning ovozi bilan ma’qullanadi.

ISU prezidentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1882-1894 yillar Niderlandiya Villem J. X. Mulyer
  • 1894-1924 yillar Shvetsiya Viktor Balk
  • 1925-1937 yillar Shvetsiya Ulrich Salchow
  • 1937-1945 yillar Niderlandiya Gerrit V. A. Van Laer
  • 1945-1953 yillar Buyuk Britaniya bayrogʻi Gerbert Klark
  • 1953-1967 yillar Shveysariya Jeyms Koch
  • 1967-1967 yillar Avstriya bayrogʻi Ernst Labin
  • 1967-1980 yillar Fransiya Jak Favard
  • 1980-1994 yillar Norvegiya Olaf Paulsen
  • 1994-2016 yillar Italiya Ottavio Cinquanta
  • 2016-2022 yillar Niderlandiya Yan Dykema
  • 2022 yildan beri Janubiy Koreya Kim Jayeol

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.
  2. Ice Skating Champions

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]