Wilhelm Marx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wilhelm Marx
 7-Germaniya reyxskantsleri
Mansab davri
30-noyabr 1923-yil – 15-yanvar 1925-yil
Prezident Fridrix Ebert
Oʻtmishdoshi Gustav Shtrezeman
Vorisi Gans Lyuter
 9-Germaniya reyxskantsleri
Mansab davri
17-may 1926-yil – 12-iyun 1928-yil
Prezident Poul fon Gindenburg
Oʻtmishdoshi Gans Lyuter
Vorisi German Myuller
 11-Germaniya adliya reyxsvaziri
Mansab davri
10-yanvar – 12-may 1926-yil
Hukumat boshligʻi Hans Luther
Oʻtmishdoshi Hans Luther
Vorisi Yohannes Bell
 25-Prussiya Vazir-Prezidenti
Mansab davri
18-fevral – 6-aprel 1925-yil
Oʻtmishdoshi Otto Braun
Vorisi Otto Braun
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-yanvar 1863-yil
Kyoln, Vestfaliya, Germaniya Ittifoqi
Vafoti 5-avgust 1946-yil(1946-08-05)
(83 yoshda)
Bonn, GFR
Melaten qabristoni
Siyosiy partiyasi Tsentra partiyasi (Germaniya)
Turmush oʻrtogʻi Ioganna Ferkoyen
Taʼlim Bonn Universiteti
Dini katolik cherkovi
Dafn etilgan joyi Kölndagi Melaten qabristoni

Wilhelm Marx (talaffuzi: Vilgelm Marks; 1863-yil 15-yanvar, Kyoln — 1946-yil 5-avgust, Bonn) — nemis huquqshunosi va siyosatchisi (Tsentra partiyasi). 1923-24 va 1926-1928-yillarda Weimar Respublikasi reyxskantsleri boʻlib xizmat qilgan.

1925-yilda Wilhelm Marx Weimar koalitsiyasi (SPD, NDP va Germaniya Tsentra partiyasi) tomonidan Reyx prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatildi, ammo Poul fon Gindenburgga yutqazdi. Wilhelm Marx har doim boshqa siyosatchilarning: Gustav Stresemann yoki Fridrix Ebert ning soyasida edi. Shunga qaramay, Weimar Respublikasi tarixida u demokratik lagerning birligi uchun kurashgan markaziy siyosiy arboblardan biri sifatida saqlanib qoldi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan, Kyolnda oʻsgan. Shifokorlar uni ogʻir miyopi tufayli harbiy xizmatga yaroqsiz deb eʼlon qilganlaridan soʻng, u Bonn universitetiga oʻqishga kirdi va u yerda huquq fakultetida tahsil oldi.

Oʻqishni tugatgandan soʻng, u Elberfeldda, keyin Kyoln va Dyusseldorfda sudya boʻlib ishladi, ammo õzining katolik dini va Markaz partiyasiga mansubligi sababli Prussiyada davlat xizmatida alohida choʻqqilarga erisha olmadi.

Marxning vazirlari, 1927-yil.

1891-yilda u Iyoganna Ferkoyenga uylandi. Nikoh 55 yil davom etdi, ularning toʻrt farzandi bor edi, ikkita katta oʻgʻli erta vafot etdi.

Markaziy partiyasi rahbari Marx reyxstagda, iyun, 1928-yil

1899-yildan to 1918-yilgacha Wilhelm Marx Prussiya parlament deputati boʻldi. 1910-yilda u Reyxstag deputati bõlib, unda õz partiyasining fraktsiyasini boshqardi va maktab taʼlimi hamda madaniyat sohasida faol ishtirok etdi. Marxni dushmanlari kam boʻlgan. U vazmin, murosaga keluvchi siyosatchi hisoblanardi.

Birinchi jahon urushi paytida Marx 1917-yil 19-iyuldagi tinchlik rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatladi.

Urushdan keyin Wilhelm Marx Weimar Taʼsis Assambleyasiga saylandi. Rur mojarosi paytida, bosib olingan mintaqalardagi boshqa koʻplab siyosatchilardan farqli oʻlaroq, Marx mintaqani Prussiyadan ajratishga qarshi chiqdi. Marx Versal shartnomasini qoʻllab-quvvatlash uchun ovoz berishini aytib, birinchi navbatda, agar kelishuv shartnomasi boʻlmasa, Reyn hududi Prussiyadan butunlay ajralib chiqishidan qoʻrqish bilan izohladi.

Weimar Respublikasi davrida Marx birinchi navbatda Jozef Virt kabinetini kuchli qoʻllab-quvvatlash uchun parlamentdagi markaz kuchlarini birlashtirishga bagʻishladi va u oʻzining siyosiy uslubi va katolik eʼtiqodi tufayli muvaffaqiyat qozondi.

1923-yilda Strezeman kabineti isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Wilhelm Marx Reyx prezidenti Fridrix Ebertning Reyx kansleri lavozimini egallash taklifini qabul qiladi va 1919-yildan Germaniyaning oʻninchi hukumatini boshqaradi. Marx ikki marta Reyx kansleri lavozimida boʻlgan: birinchi marta — deyarli 13 oy (1923-yil 30-noyabrdan 1925-yil 15-yanvargacha), ikkinchi marta — 25 oy (1926-yil 17-maydan 1928-yil 29-iyungacha). Bu davrda Marx imperator hukumatining toʻrtta tarkibiga boshchilik qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Wilhelm Marx Weimar Respublikasi hukumatini koʻplab inqirozli davrlardan birida boshqargan. Bular: Saksoniya va Bavariya yerlari bilan toʻqnashuvlar, bosib olingan Reyndagi ayirmachilik harakatlari. 1923 yildagi giperinflyatsiyadan soʻng iqtisodiy va moliyaviy muammolar bilan birga yangi valyutani muomulaga kiritilishi kuzatildi, unga Marx byudjetni tejash choralari, xodimlarni ishdan boʻshatish va yangi soliqlarni joriy etish bilan javob berdi. 1924-yil yanvar oyining oxirida vaziyat barqarorlashganidan keyin harbiy holat bekor qilindi. Marxning reyxskantslerlik davrida Dous rejasi qabul qilindi.

Wilhelm Marx 1925-yil

Wilhelm Marx Reyxskantslerligining ikkinchi davrida Germaniya Millatlar Ligasiga qoʻshildi. Marx general-polkovnik Hans von Sektni ishdan bõshatadi. Bunga sabab u edi, Reyxsverni davlat ichidagi davlatga aylantirgani edi. Lekin keyinchalik Marx aynan Reyxsverda qoqilib qoladi. Sotsial-demokrat Filipp Schaidemann Reyxstagda Reyxsverning Qizil Armiya bilan yashirin hamkorlik faktlarini oshkor qiladi.

1925-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan birinchi umummilliy prezidentlik saylovlarida qatnashdi : birinchi turda — Markaz partiyasi nomzodi sifatida, ikkinchi turda — „Xalq bloki“ sõl-markazchilarning vakili sifatida. Ikkinchi turda 45,3 % ovoz olgan holda, 48,3 % ovoz olgan Poul fon Gindenburgga yutqazdi.

1925-yil 10-fevraldan 18-martgacha Wilhelm Marx oʻzining vorisi Hans Luther hukumatida Prussiya Bosh vaziri, soʻngra Reyx Adliya vaziri boʻlib ishladi. 1932-yilgacha Wilhelm Marx Reyxstag aʼzosi bõldi.

Milliy sotsializm davrida Wilhelm Marx siyosatdan uzoqlashdi va Bonnda yashadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ulrich von Hehl. Wilhelm Marx 1863—1946, eine politische Biographie. Mainz: Matthias-Grünewald, 1987. ISBN 3-7867-1323-5. 
  • Patrushev A.I. Bismarkdan Merkelgacha boʻlgan Germaniya kansleri. — M.: Moskva universiteti nashriyoti, 2009-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]