Wendell Meredith Stanley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wendell Meredith Stanley (1946)

Wendell Meredith Stanley (1904.16.8, Rijvill, Indiana shtati — 1971.15.6) — amerikalik biokimyogar va virusolog. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1941-yildan). Pristondagi Rokfeller instituti ilmiy xodimi (1932— 48), Berklidagi Kaliforniya universiteti professor (1948-yildan). Ilmiy ishlari enzimlar va oqsillar viruslarining tabiatini oʻrganishga oid. Ilk bor virusni mikrobiologiya uslubi bilan emas, balki J.D.Samner va J.Morton usuli bilan suyuq ekstraktni kristallab ajratib olgan. Virus bilan zararlangan bir tonna tamaki barglaridan bir necha g kristall holdagi tirik virus ajratib olishga muvaffaq boʻlgan va uning oqsil modda ekanligini isbotlagan (1935). Poliomiyelit virusini ajratib olib, tarkibini tekshirgan (1955). Nobel mukofoti laureati (1946, J.X.Nortrop bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil