Vitalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vitalizm (lot. vitalis — hayotiy) — biol.dagi oqim. Organizmlarda hayotiy hodisalarni boshqaradigan, nomoddiy gʻayritabiiy kuchlar ("hayotiy kuch", "jon" va b.) bor deb tushuntiradi. V.ning asosiy qoidalari qad. dunyoda paydo boʻlgan. Aristotel hayot asosida goʻyo nomoddiy dinamik ibtido — "entelexiya" yoki jon yotadi, degan tasavvurni rivojlantirdi. 17-asrda golland olimi van Gelmont organlar faoliyatini va butun organizmni ruhiy kuchlar yoki "arxey" boshqaradi, deb hisobladi. 18-asrda nemis vrachi G. Shtal organizm aʼzolarining tuzilishi va vazifasini bajarishdagi muvofiqligi nomoddiy ibtido — jon tomonidan belgilanadi, deb bildi. 18-asr oxiri —19-asr boshidagi tabiatshunoslik yutuqlari xayotning mohiyati haqidagi vitalistik tasavvurlarning xatoligini isbotladi. Lekin, 19-asr oxiri — 20-asr boshida jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy oʻziga xos xususiyatlari, idealistik oqimlarning kuchayishi munosabati bilan neovitalizm shaklida yangidan paydo boʻldi. V.ning turli koʻrinishlari hozirgi zamon biol.sida ham namoyon boʻlmoqda. Bu organizm hayot faoliyati oʻziga xos xususiyatining nomoddiyligini eʼtirof etishda koʻrinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil