Vincent van Gogh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vincent van Gogh

Haqiqiy ismiVincent Willem van Gogh
Tavalludi 30-mart 1853-yil
Grot-Zyundert, Niderlandlar
Vafoti 29-iyul 1890-yil(1890-07-29)
(37 yoshda)
Over-syur-Uaz, Fransiya
Sohasi rassom

Vincent Willem van Gogh (talaffuzi Vinsent Villem van Gog, MFA [vɪnˈsɛnt vɑn’xɔx]), 30 mart 1853, Grot-Zyundert, Breda yaqinida, Niderlandlar — 29 iyul 1890) — dunyo miqyosida mashhur niderlandlik va fransiyalik musavvir-postimpressionchi.

VAN GOG (van Gogh) Vinsent (1853.30.3, Grot-Zyundert, Gollandiya — 1890.29.7, Over-syur-Uaz. Fransiya) — golland rassomi, postimpressionizmning yetakchi namoyandasi. Bryussel (1880-81) va Antverpen (1885-86)dagi BAda, Parijdagi xususiy studiyada (1886—88) oʻqigan. V. G. ijodi Yevropa madaniyatidagi murakkab burilish davrini oʻzida aks ettirdi. 1880-yillarning 1-yarmida qoramtir, xira ranglarda mehnat axli (xususan shaxtyorlar, dehqonlar, hunarmandlar) ga hamdardlik bilan yoʻgʻrilgan asarlar yaratdi ("Dehqon ayol", "Kartoshka xoʻrandalari", 1885 va boshqalar). Tanqidiy realizm anʼanalarini rivojlantirib, asarlarini obrazlarning taʼsirchan ruhiy kuchi, odamlarning dardi va tushkunligini chuqur his etish bilan boyitdi. 1886—88 yillarda impressionizm va yapon gravyurasi, P. Gogen asarlarini oʻrganadi. Shu davrda dadil erkin kompozitsiya yechimiga qurilgan hayotga muhabbat bilan toʻliq portret va manzaralar yaratdi ("Tungi qahvaxona", 1888; "Overda yomgirdan keyingi manzara", 1890 va boshqalar).

Avtoportretlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kungaboqarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irislar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peyzaj[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]