Vikipediya:Meta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Meta-viki
Meta-viki logosi
Web-manzil meta.wikimedia.org
Interwiki meta:
Asos solingan sana noyabr 2001-yil
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Meta yoki Meta-viki — Vikimedia Jamgʻarmasining barcha loyihalarini boshqarib turish uchun yaratilgan yordamchi sayt. Sayt oʻz faoliyati 2001-yilning noyabr oyida boshlagan. Bugungi kunga kelib Meta-viki bir necha vazifani bajaradi:

  1. Vikimedia Jamgʻarmasining barcha loyihalarini, jumladan, ularning qonun-qoidalarini muhokama qilish;
  2. Shaxsiy insholar uchun forum (insholar betaraf ohangda yozilmagan boʻlishi mumkin);
  3. Kontent tayyorlash va tartibga solish, tillararo muammolarni muhokama qilish;
  4. Yangi loyihalarni koordinatsiya qilish;
  5. MediaWiki dasturini ishlatish boʻyicha yordam (MediaWiki.org saytida yoritilmagan mavzular boʻyicha);
  6. Spamga qarshi kurashni koordinatsiya qilish hamda kichik Vikipediyalardagi vandalizm bilan kurashish.

Hozirgi kunda Meta-viki vikimediachilar, jumladan, vikipediyachilar uchun obunalar roʻyxatlari, IRC kanallari hamda munozara sahifalari bilan bir qatorda muhokama maydoni rolini oʻynaydi. Meta-viki Inglizcha Vikipediyadan mustaqil loyiha boʻlib, uning oʻz qoida va koʻrsatmalari bor.

Boshida Meta-viki Vikipediyaning inglizcha versiyasi muammolarini muhokama qilish uchun yaratilgan. Meta-viki MediaWiki dasturini qoʻllay boshlaganidan keyin barcha tillardagi Vikimedia jamoalari uchun koʻp tillik forumga aylandi.