Vijayanagar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vijayanagar — Hindistonda, Krishna daryosidan jan.da 11—17-asrlarda mavjud boʻlgan davlat; Hindistonning aksar qismida musulmon sulolalari hukmronlik qilayotgan davrda hindlarning eng yirik davlati. Jan. hind xalqlari (telugu, tamil, kannara va tulu)ning Dehli sultonligiga qarshi kurashi natijasida vujudga kelgan (1082). Poytaxti — Vijayanagar sh. (lugʻaviy maʼnosi — gʻalaba shahri). Devarayya II davri (1422—46)da butun Jan. Hindiston V.ga qoʻshib olingan, Seylon va Birmaga harbiy yurishlar qilinib Bahmaniylar sultonligi ustidan bir necha gʻalabalarga erishilgan. Krishnadevarayya davri (1509—29)da V. qudratli davlatga aylangan. V.da jan. hind xalqlarining sanʼati va adabiyoti taraqqiy etgan. Biroq ichki nizolar, qoʻshni sultonliklar bilan boʻlgan muttasil urushlar natijasida V. zaiflashgan. Bijapur, Ahmadnagar, Bidor va Golkonda sultonliklari bilan boʻlgan urushda (Talikot jangi, 1565) magʻlubiyatga uchragach, V. mayda sultonliklarga boʻlinib ketgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil