Veche

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veche — qad. va oʻrta asr Rus davlatidagi Xalqmajlisi (10—14-asrlar). Unda muhim jamoat ishlari muhokama etilgan va hal qilingan. 11—12-asr 2-yarmida rus shaharlarida knyaz hokimiyati susayishi munosabati bilan V.ning faoliyati kuchaygan. V. urush va tinchlik masalalarini hal etgan, knyazlarni chaqirtirgan va haydagan, qonunlar qabul qilgan, boshqa mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan va b. Novgorod, Pskov va Vyatka yerida 15-asr oxiri — 16-asr boshlarigacha saqlanib qolgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil