Valeriy Muxin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valeriy Vasilyevich Muxin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-iyul 1938-yil
Vafot sanasi 27-avgust 2002-yil(2002-08-27)
(64 yoshda)
Vafot joyi ToshkentOʻzbekiston
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1958—1960
1961—1966
1968
Sovet IttifoqiKolxozchi / Kopetdag
Sovet Ittifoqi Paxtakor
Sovet Ittifoqi Sverdlovets
(
157 (5)
)
Boshqargan klublari
1968—1977 Sovet Ittifoqi Narimanovets
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Valeriy Vasilyevich Muxin (1938-yil 25-iyul – 2002- yil 27-avgust, Toshkent) – sovet futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi, murabbiy. SSSR sport ustasi.

Valeriy Muxin futbolchilik faoliyatini Ashxobodda boshlagan. U yerda uch mavsum davomida (1958-1960) mahalliy „Kolxozchi“ (keyinchalik Kopetdag) jamoasida oʻynagan. 1961-yili Toshkentning "Paxtakor" klubiga qabul qilinib, ushbu jamoa bilan SSSR Oliy ligasida debyut qilgan. Valeriy Muxin „Paxtakor“ safida olti mavsum oʻynagan. Milliy chempionatlarda 157 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Shulardan 120 tasini oliy ligada oʻtkazgan va 4 ta gol urgan.

1968-1977-yillarda Xorazmning „Narimanovets“ klubiga ustozlik qilgan. Keyinchalik esa maʼmuriy lavozimlarda ishlagan.

Valeriy Muxin nomi Oʻzbekiston futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan.

2002-yil 27-avgustda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]