Usmonxon Olimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Usmon Olimovdan yoʻnaltirildi)
Alimov Usmonxon Temirxon oʻgʻli
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi
Mansab davri
2006-yil 5-yanvar – 2021-yil 15-avgustgacha
Oʻtmishdoshi Abdurashid Bahromov
Vorisi Nuriddin Xoliqnazarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1950-yil
Samarqand
Vafoti 15-avgust 2021-yil(2021-08-15)
(71 yoshda)
Moskva
Mukofotlari

Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov (1950-yil 1-yanvar, Ishtixon tumani2021-yil 15-avgust[1]) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (2006—2021), muftiy.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni oʻsha tuman 57-oʻrta umumtaʼlim maktabida olgan.

1987-yilda Toshkent islom institutini tamomlagan.

1987-2000 - Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidi imom-xatibi.

2000-2006-yillarda Payariq tumani bosh imom-xatibi, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ish yuritgan.

2006-yil yanvarda Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi bosh muftiyi etib saylangan.

2020-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan[2][3]

2021-yil 15-avgustda vafot etgan. Ishtixon tumanida dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Муфтий Усмонхон Алимов вафот этди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  2. Муфтий Усмонхон Алимовга «Эл-юрт ҳурмати» ордени топширилди
  3. arxiv nusxasi, 2012-04-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-10-03