Uruk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uruk Janubiy Mesopotamiyada mil. av. 4-ming yillikda tarqalgan eneolit davri arxeologik madaniyati. Uruk shahri nomi bilan atalgan. Mahobatli meʼmoriy inshootlar („Qizil bino“ va „Oq ibodatxona“ xarobalari ochilgan); sopol buyumlar, shumer tilida bitilgan yozuvli taxtachalar, muhrlar chiqqan. Xoʻjaligi: dehqonchilik, misni qayta ishlash, chorvachilik boʻlgan; 2) Shumerpyati shahardavlat (shumeriycha – Unug, Bibliyada – Erex, yunoncha – Orxoya). Mil. av. 28—27-asrlarda (epik rivoyatlarda saqlanib qolgan yarim afsonaviy hukmdorlar Enmerkar, Lugalband, Gilgameshlar davrida) Janubiy Mesopotamiyadagi shahardavlatlar Uruk gegemonligi ostida boʻlgan (Urukning 1sulolasi). Mil. av. 24-asrda Lugalzaggisi davrida Uruk Shumer poytaxti edi. 22-asr oxirida Uruk podshosi Utuxegal Ikki daryo oraligʻida „Shumer va Akkad podsholigi“ barpo etgan, uning vafotidan soʻng hokimiyat UrNammu – Urning Shsulolasi asoschisi qoʻliga oʻtgan. Uruk mil. av. 1-ming yillik oxiriga qadar muhim shaharligicha qolgan. Mil. av. 8—2-asrlarda – Bobil, soʻngra Axomaniylar va Salavkiylar davlati tarkibidagi muxtor sajdagoh shahar. Mil. 3-asrda sosoniylar tomonidan vayron qilingan. Uruk oʻrnida hozirgi Varka posyolkasi (Nosiriya shahridan 65 km shim.gʻarbda) joylashgan. Urukda nemis arxeologlari tomonidan XX asr boshidan muntazam ravishdagi arxeologik qazish ishlari olib borilgan.