Uels futbol assotsiatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uels futbol assotsiatsiyasi (inglizcha: Football Association of Wales Uels futbol assotsiatsiyasi) Uelsda futbol boʻyicha boshqaruv organi hisoblanadi[1].

Uels futbol assotsiatsiyasi Uels poytaxti Kardiff shahrida joylashgan. Uels futbol assotsiatsiyasi 1876-yilda tashkil etilgan boʻlib, Uels futbol assotsiatsiyasi 1910-yilda FIFAga aʼzo boʻldi, 1954-yilda futbol assotsiatsiyasi UEFAga aʼzo boʻldi. 1886-yilda IFABga aʼzo boʻlgan. Uels futbol assotsiatsiyasi milliy futbol jamoalari (erkaklar, ayollar, yoshlar) faoliyatini tashkil qiladi va boshqaradi[2]. Assotsiatsiya shafeligida Uelsda erkaklar va ayollar chempionatlari hamda boshqa koʻplab musobaqalar oʻtkaziladi. Uels futbol assotsiatsiyasi Buyuk Britaniya tarkibidagi 3 ta qirollik assotsiatsiyalaridan biri hisoblanadi. Britaniya qirolligidagi Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi, Angliya futbol assotsiatsiyasi va Uels futbol assotsiatsiyasilari hisoblanadi. 3 ta futbol assotsiatsiyalari xalqaro musobaqalar, Yevropa chempionlar ligasi, Jahon chempionati, Yevropa millatlar ligasi, Yevropa chempionati kabi yirik musobaqalarda oʻz bayroqlari ostida maydonga tushadi. Uels futbol assotsiatsiyasining alohida ichki chempionat musobaqasi mavjud va xalqaro musobaqalarda oʻz klublari Uels futbol assotsiatsiyasi nomidan Uels nomini himoya qilishadi.

Uels futbol assotsiatsiyasi Angliya va Shotlandiyadan keyin dunyodagi uchinchi eng qadimgi milliy futbol assotsiatsiyalaridan biri hisoblanadi. Buning asosiy sabablaridan futbol Angliyada ravnaq topganligi va uni rivojlantirishning ilk qadamlari Angliyadan boshlanganligi, muhim sabablardandan biri. Shuningdek Uels futbol assotsiatsiyasi Irlandiya futbol assotsiatsiyasi va FIFA bilan birgalikda futbol oʻyini qoidalari uchun mas’ul boʻlgan Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi aʼzosi hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [ru.uefa.com „Футбольная ассоциация Уэльса“] (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 4-mart.
  2. [ru.frwiki.wiki „Федерация футбола Уэльса“].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]