Tuba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tuba

Tuba (lotincha: tuba — kuvur) — 1) dastlab Qad. Rim musiqa sozi, truba. Harbiy va diniy marosimlarda keng qoʻllanilgan. Olimlar fikriga koʻra, Ossuriya, Qad. Misr sozla__ ridan kelib chiqqan; 2) hozirda eng yoʻgʻon tovushli (past registrli) mis puflama musiqa cholgʻu asbobi. Qayrilgan silindr va konussimon trubalardan yasalgan, mundshtuk, ventil mexanizmi bilan jihozlangan. 1835-yilda Morits Tuba. va Vinrext nemis ustalari tomonidan kashf etilgan. Diapazoni A, (lya kontroktava) — as1 (birinchi oktava lya bemol) yoki Ye, (mi kontroktava) — f (birinchi oktava fa). Tovushi juda kuchli va toʻla. Ayni paytda, sekin chalganda yumshoq tembrga ega. Oʻzbekistonda T. ijrochiligida T. Fozilov, J. Saburovlar tanilgan. Tuba simfonik orkestrning mis damli cholg'ular guruhiga kiradi.