Toʻylar muborak (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻylar muborak

„Toʻylar muborak“ filmidan skrinshot
Rejissyor(lar) Eduard Xachaturov
Ssenariynavis(lar) Said Ahmad[1]
Boris Saakov
Rollarda
Bastakor(lar) Y. Shiryayev
Muharrir(lar) F. Musajonov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Davomiyligi 65 daqiqa
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Til oʻzbekcha[2]

Toʻylar muborak“ (ruscha: Подарю тебе город) — Eduard Xachaturov 1978-yil yaratgan oʻzbek kinokomediyasi.[3] Bosh rolda Oʻzbekiston xalq artisti Obid Yunusov oʻynagan.[4] Filmda koʻngilchanligi tufayli oʻz toʻyi kuni koʻp odamlarga yordam beraman deb, toʻyiga zoʻrgʻa yetib keladigan kuyov haqida hikoya qilinadi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuyovni va uning spirtli ichimlik ichib ozgina mast boʻlgan doʻstlarini davlat avtomobil nazorati ishchisi toʻxtatadi. Kuyov doʻstlarini qoldirib, taksida toʻyxonaga joʻnaydi. Taksi haydovchisining boshi aylanib, koʻzi tinadi va mashinani avariya qiladi. Kuyov shoshib turgan boʻlsa-da, taksi haydovchisini shifoxonaga olib boradi. Shifoxonadan chiqqanidan keyin yoshi katta erkak va uning ayoli kuyovdan oʻz „taksisida“ ularni bir joyga olib borib qoʻyishini iltimos qilishadi. Hamma uni taksi haydovchisi deb oʻylaydi. Kuyov odamlarni aytgan joylariga olib bora olmasligini aytsa ham, unga quloq solishmaydi.

Filmning yakuniga yaqin kuyov bir ayolning uyidagi devorni gips bilan qoplash yuzasidan bir mardikor bilan savdolashayotganini koʻradi. Mardikor katta pul soʻragani uchun kuyov devorni oʻzi gips bilan tezda qolplashga qaror qiladi. Gipsni suv bilan qorgandan keyin dam olgani oʻtiradi va xayol sura boshlaydi. Gips tezda qotib qoladi va kuyovning oyoqlari qotgan gipsdan chiqmaydi. Kuyovni maxsus mashinada, oyoqlari gipsda qotgan holda toʻyxonaga olib boradilar.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor Rol
Obid Yunusov Yunus kuyov Yunus
Gʻani Aʼzamov dorboz dorboz
Dilorom Qambarova Barno Barno
Gavhar Zokirova Nigora kelin Nigora
Razzoq Hamroyev Yunusning otasi Yunusning otasi
Ikroma Boltayeva Yunusning onasi Yunusning onasi
Lola Badalova Nigoraning onasi Nigoraning onasi
Noila Toshkenboyeva Nigoraning dugonasi Nigoraning dugonasi
Xayrulla Saʼdiyev Rassom Rassom
Xayrulla Lutfullayev xonanda xonanda
Farrux Zokirov xonanda xonanda
Soyib Xoʻjayev yoʻlovchi yoʻlovchi
Murod Rajabov yoʻlovchi yoʻlovchi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Biography of Said Ahmad“ (oʻzbekcha). Turonlib. 7-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2012-yil. (WebCite saytida 7-yanvar 2013-yil sanasida arxivlangan)
  2. http://m.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/15701/titr/
  3. „Podaryu tebe gorod: Information about the Movie“ (ruscha). Kino-Teatr. Qaraldi: 12-sentabr 2014-yil.
  4. „BBC's Guest: The Famous Actor Obid Yunusov“ (oʻzbekcha). BBC's Uzbek Service (17-mart 2009-yil). Qaraldi: 9-mart 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]