Toʻnyuquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻnyuquq, Tunyuquq (taxminan 645-726) — Turk xoqonligiaa davlat arbobi va sarkarda. Ashida kabilasiga mansub.

Turk zodagonlarining Xitoy imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan oʻgʻillaridan biri. Uning ismi xitoy yilnomalarida Tunyuygu va Yuanchjen shakllarida uchraydi. Ushbu ismning ikkinchi shakli xitoychada "birinchi gavhar" degan maʼnoni bildirib, u T. ismi (qad. turkchada "toʻngʻich gavhar")ga mos keladi. U Tabgʻach (Xitoy)da tugʻilib, voyaga yetgan. Imperator saroyida ishonch qozonib, maʼmuriy xizmatga yuborilgan. T. 680-yillarda Turk xoqonligini Xitoy asoratidan qutqarib, uni yangitdan barpo qilishda Eltarish xoqonning eng yaqin maslahatchisi boʻlgan. U 3 xoqon: Qutlut Eltarish (680691), Qapogʻon (691—716) va Bilga xoqon (716—734) hukmronliklari davrida bosh vazir va lashkarboshi boʻlgan. Umrining katta qismini xoqonlikni mustahkamlash, turli qabilalar ahilligini saqlash, tashqi dushmanlarga qarshi kurash bn oʻtkazgan. Xitoy yilnomalarida xoqonlikning eng dono amaldori sifatida tilga olinadi. Ularda bayon qilinishicha, Bilga xoqonning Xitoy ichkarisiga yurish qilib, turkiy qavmlarni shaharlarda joylashishi, budda diniga oʻtishi ularning jangovarligini yoʻqotishini, oʻtroq yashash tarzi turkiylarga toʻgʻri kelmasligini aytib, xoqonni bu yoʻldan qaytaradi. Bu esa T.ning nihoyatda aklli, tadbirkor va kelajakni koʻra oladigan shaxs boʻlganligini koʻrsatadi. T. lashkarboshi sifatida Xitoyning shimsharqidagi Shandun viloyatiga, Uzoq Sharqda qoraxitoylart&, Yenisey daryosi havzalaridagi qirgʻizlarga, Oʻrxun va Selenga daryosi boʻylaridagi oʻgʻuzlarga Yettisuvdagi turkashlarga qarshi yurishlar uyushtiradi va ularni tobe etadi. U 719 y. uygʻurlar, chinliklar va basmillarning Ikkinchi Turk xoqonligiga qarshi yurishini toʻxtatishga va Xitoy bn 10 yillik sulh tuzishga muvaffaq boʻladi. U oʻlimidan oldin oʻzining hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoba (yana qarang Toʻnyuquq bitiktoshi) barpo qildiradi. Ushbu yodgorlik qad. turk yozuvining ajoyib majmuasi hisoblanadi.