Tom Cruise

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tom Cruise

Cruise San Diego Comic-Conda (2019)
Tavalludi
Thomas Cruise Mapother IV

3-iyun 1962-yil (1962-06-03) (61 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor, prodyuser
Faoliyat yillari 1981-yildan bugungi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 3
Mukofotlari
Veb-sayt tomcruise.com

Thomas Cruise (talaffuzi: Tomas Kruz; 1962-yil 3-iyulda tugʻilgan)amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuserdir. Uch karra „Akademiya(Oscar)“ mukofoti nomzodi, uchta „Oltin globus“ mukofoti sohibi.

Box Office Mojo malumotlariga koʻra $ 570 million dollar mablagʻi bilan dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi aktyorlardan biri hisoblanadi. Uning filmlari Shimoliy Amerikada $ 4 milliard dollar, butun dunyo boʻylab $ 10,1 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan.U barcha davrlarning eng yuqori kop daromad keltirgan aktyorlardan biridir.

Tom Cruisening Hollywood Walk Of Famedagi yulduzi

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tom oiladagi uchinchi farzand, uning uchta singlisi bor. Hozirda akasining mashhurligidan yashirinib Okeaniyada yashashadi. Tomning onasi Meri Li Phaypher oʻqituvchi-defektolog,Tomas Kruizning otasi Mapoter III esa muhandis edi. Ish qidirishda oila tez-tez koʻchib yurardi, bu aktyorning bolaligining qiyin sabablaridan biri boʻldi. Tom 12 yoshida, ota-onasi ajrashishdi. 14 yoshida u AQSh va Kanadadagi 15 ta maktabni oʻzgartirdi. Nihoyat, Tomning oilasi boʻlajak aktyor oʻrta maktabni tugatgan Nyu-Jersi shtatidagi Glen Ridjda joylashdi .

Tom aktyorlik faoliyatini 1981-yilda „Cheksiz sevgi“ filmidagi kichik roldan boshlagan. Uning shuhrat qozongan birinchi asosiy roli „Xavfli biznes“ (1983) filmida suratga tushgan .

Birinchi rafiqasi (1987-1990) Mimi Rogers .

Ikkinchi rafiqasi (1990-2001) Nicole Kidman. (asrab olingan ikkita farzand: qizi Izabella Jeyn va oʻgʻli Connor Entoni.)

Uchinchi fafiqasi (2006-2012) Katie Holmes — 2012-yil avgust oyida rasmiy ravishda ajrashgan. qizi Suri Kruz (2006-yil 18-aprelda tugʻilgan).

Tom Cruise va Katie Holmes 2009-yilda

Mimi Rogers bilan turmush qurgandan ajrashganidan soʻng, Kruiz aktrisa Nicole Kidmanga uylandi.

Kruiz va Kidmanlar oilasi 2001-yilda 9 yil va 11 oylik nikohdan keyin ajralishdi. Ushbu nikohdan Kruiz asrab olingan ikkita farzand qoldi qizi Izabella Jeyn va oʻgʻli Connor Entoni.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]