Togʻ changʻi sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Togʻ changʻi sporti — maxsus yoʻlakchalar boʻylab togʻdan tushish, changʻi sportinnnt tarkibiy qismi; unga slalom (changʻida sunʼiy yoki tabiiy toʻsiqlar osha tepalikdan pastga tez tushish), ulkan slalom, tezlik bilan tushish va koʻp kurash musobaqalari kiradi.

Musobaqa qoidalarini 1 marta angliyalik Arnold Lunn (20-asrning 20-yillarida) kiritgan. 1 musobaka 1923-yil Shveysariyada boʻlgan. 1930-yildan Оahon birinchiligi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. 1936-yildan Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy olgan. Oʻzbekistonda Togʻ changʻi sportis. musobaqalari, asosan, Boʻstonliq tumanidagi Chimyon bazasi majmuasida oʻtkaziladi. Togʻ changʻichilari har yili 2-marta (yezda va qishda) respublika birinchiligi va Oʻzbekiston kubogi bahslarida kuch sinashadilar. „Qishki taʼtillar“, „Chimyon sovrini“ musobaqalari eng kuchli togʻ changʻichilarini toʻplaydi.

Sport ustasi Gʻayrat Ermetov yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatining 2 ta kumush medaliga sazovor boʻlgan. 2004-yilgi Oʻzbekiston chempioni Kseniya Grigoreva ayollar oʻrtasida yetakchi togʻ changʻichisidir.

Oʻzbekiston Togʻ changʻi sportis. uyushmasi (1998-yil tuzilgan) xalqaro Togʻ changʻi sporti s. federatsiyasi (FIS) ga qabul qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]