Tobadon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tobadon — xalq meʼmorligida qoʻllaniladigan eshik, deraza tepasidagi kichik darcha, panjarali tuynuk. Maqbara, Madrasa hujralari va boshqa binolar eshigi tegtasiga toʻrtburchakli, ravoqchali va boshqa shakllarda ishlanib, ganch yoki yogʻoch oʻymakorligida tayyorlangan panjaralar oʻrnatilgan. Xona ichkarisini shamollatish, yoritish uchun xizmat qiladi.