Termokarst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termokarst (termo ... va karst) — havoning yillik oʻrtacha temperaturasi koʻtarilganda yoki tuproq temperaturasining tebranish amplitudasi ortganda yer ostida muzning erib ketishi yoki toʻngib yotgan gruntning muzdan tushishi oqibatida yer yuzasida chuqurliklar, oʻpqonlar va yer ostida boʻshliklar paydo boʻlishi. T., ayniqsa, koʻp yillik muzlab yotgan togʻ jinslari rivojlangan oblastlarda tarqalgan boʻladi. T. natijasida vujudga kelgan turli botiklik, chuqurlik, oʻpirilish, koʻl va botqokliklarning kattakichikligi har xil: diametri 1 necha m dan oʻnlab km ga, chuqurligi esa bir necha sm dan oʻnlarcha m ga yetadi. T. jarayoni oʻrmonlar kesilishi, yonishi, zovurlar qazilishi va boshqa natijasida ham hosil boʻladi. T.ning salbiy oqibatlarini yoʻqotish uchun binolar qurishdan avval muzli zaminni eritib, drenajlar oʻtkazish, qurilish mobaynida va undan foydalanilayotganda yer ostidagi toʻngib yotgan jinslar va muzliklarni erishidan sakdash kerak.