Taymir muxtor okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taymir (Dolgannenetslar) muxtor okrugi — Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida. 1930-yil 30-dekabrda tashkil etilgan. Okrug xududi butunlay qutbiy doira orqasida, Sharqiy Sibirning chekka shim.da, Taymir yarim orolda joylashib, gʻarbdan sharqqa 1200 km, shimoldan janubga 800 km masofaga choʻzilgan. Taymir muxtor okrugio. tarkibiga Kara va Laptevlar dengizlaridagi arxipelag va orollar ham kiradi. Maydoni 862,1 ming km². Aholisi 39,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (67%), shuningdek, dolgan, nenets, nganasan, evenk millat vakillari va boshqa ham yashaydi. Taymir muxtor okrugio. hududida 1 shahar (Dudinka), 1 shaharcha (Dikson) bor. Markazi — Dudinka shahri. Shahar aholisi 66,3%. Taymir muxtor okrugio. hududidagi Norilsk sh. bevosita Krasnoyarsk oʻlkasi maʼmuriyatiga boʻysunadi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taymir muxtor okrugio. Osiyoning chekka shim. qismini — Taymir yarim orol va Oʻrta Sibir yassitogʻligining shim. qismini egallaydi. Okrug hududi 3 asosiy qismga boʻlinadi; shimolda Birranga togʻlari, janubda Oʻrta Sibir yassitogʻligi va ular orasida joylashgan Shimoliy Sibir payettekisligi. Kara dengizi va Laptevlar dengizi bilan oʻralgan. Orol koʻp. Foydali qazilmalardan rudalar, toshkoʻmir, osh tuzi konlari bor. Iqlimi arktik va subarktik iutim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi—30°, iyulniki 2°—13°. Yillik yogʻin 110–350 mm. Vegetatsiya davri 40—80 kun. Koʻp yerlar toʻngib yotadi. Asosiy daryosi — Yenisey. Koʻl va botqoqlashgan yerlar koʻp. Tipik tundra va torfgleyli, janubida podzol, Yenisey daryosi vodiysida qayir oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Taymir muxtor okrugio.da pakana daur tilogʻochi usadi. Yer sharining biron boshqa qismida tilogʻoch bunchalik shimolida uchramaydi (72°50’ shu kabi). Yovvoyi shim. bugʻusi, togʻ qoʻchqori, qutb tulkisi, boʻri, lemming, oq quyon, qushlardan oq boyqush, oq kaklik uchraydi. Yozda koʻplab har xil qushlar uchib keladi. Suvlarda har xil baliklar bor.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taymir muxtor okrugio.ning mahalliy aholisi qadimdan bugʻuchilik, baliq va moʻynali hayvonlarni ovlash bilan shugʻullanib kelgan. Krasnoyarsk oʻlkasidagi bugʻularning 2/3 qismi Taymir muxtor okrugio.da. Yenisey daryosi va koʻllar baliqqa boy. Baliqchilik xoʻjaliklari, Dudinka, Xatanga, UstPortda baliqkonserva zdlari bor. Yer ostidagi muzxonalarda yil davomida baliq sakGʻtnadi. Moʻynali hayvonlar (qutb tulkisi, havorang tulki) koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi fermerlar va jamoa xoʻjaliklari ishlab turibdi. Chorvachilik sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Sabzavotchilik rivojlanmokda. Norilsk yaqinida konchilik sanoati mavjud (kumir, mis, nikel, kobalt va boshqalar). Norilsk konmetallurgiya kti (hozirgi „Norilskiy nikel“ korxonasi) 1952-yildan mahsulot bermokda. Yer sxaridagi eng shim. Dudinka — Norilsk — Talnax temir yoʻl (1937-yildan), UstXantay GES bor. Taymir muxtor okrugio. iktisodiy alokalarida Shimoliy dengiz yuli va dare hamda aviatsiya transportining ahamiyati katta. Asosiy portlari: Dikson, Dudinka, Xatanga. Qattiq qoplamali avtomobil yullar uz. 262 km. Okrug markazi bilan aviaaloka urnatilgan. Dudinka zooveterinariya texnikumi, Taymir okrug ulkashunoslik muzeyi mavjud. Okrug radio eshittirishlari rus, nenets, dolgan va nganasan tillarida olib boriladi.

1ming yillikning oxiridan boshlab Taymir xududida hozirgi dolgan va nenetslarning ajdodlari boʻlgan samodiy qabilalari yashagan. Ular bugʻuchilik, ovchilik va baʼzi joylarda baliq ovlash bilan shugullangan. Ruslar bu xududda dastlab 16-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Ular shu joylarni egallash maqsadida aholi punktlari barpo etishgan. 1920-yil oxirida Taymirda kayebkorlik bir lashmalari tuzildi, keyinchalik ular kasbkorlik artellariga aylandi. 1930-yil Yenisey daryosidagi UstPortda baliq konservalash zdi qurib ishga tushirildi.