Sutlamadoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) - ikki urugʻpallalilarga mansub sut shirali oʻsimliklar oilasi. Oʻt, buta, daraxt va lianalardan iborat. Barglari navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan, yonbargchali. Guli bir jinsli, bir yoki ikki uyli. Changchilari gulning oʻrtasida. Tugunchasi 3 chanokli va 3 ustunchali. Mevasi, odatda, koʻsakcha, baʼzan, danaksimon yoki kamdankam rezavor. Yer sharining barcha qitʼalarida, koʻproq tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. 7000 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 8 turkumi, 150 turi usadi. S.ning sutsimon shirasi tarkibida zaharli moddalar, kauchuk va boshqa dorivor moddalar bor. Baʼzi turlari (mas, kanakunjut, lepadena va boshqalar) manzarali va dorivor oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ayrim turlarining mevasi yeyiladi.