Subutoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Subutoy, Subedey (13-asr) - Chingizxonning yirik sarkardalaridan biri. Shim. Xitoy, Movarounnahr, Xuroson, Zakavkazye, Dashti Qipchoq, Rus, Sharqiy Yevropani istilo etishda shuhrat qozongan. Uryanxat qabilasidan. Chingizxonning eng yaqin toʻqqiz oʻrluq (safdosh)laridan. Janglardan birida bir koʻzidan ajralgan; jasorati uchun "bahodir" unvonini olgan. S. mingboshi sifatida qoʻshinning soʻl qanotiga (qanot qoʻmondoni — Muxali noʻyon) mansub edi. Chingizxon Movarounnaxrni istilo qilayotgan davrda (121920) S. Hyp qalʼasi (Nurota)ni talontoroj qilgan. Soʻngra Chingizxonning amriga muvofiq Jebe noʻyon bilan birga (20 ming kishilik qoʻshin bilan) mamlakatdan qochgan Muhammad xorazmshohni taʼqib etib, Xuroson, Kaspiy dengizining jan.dagi viloyatlar, Zakavkazye shaharlarini vayron qilgan va Shim. Kavkazga chiqqan. Bu yerda Kalka jangipz. ruslar va qipchoqlarning birlashgan qoʻshinlarini butkul tormor keltirgan. S. rus knyazliklarining chegara hududlari, qipchoqlarning yaylovlarini talontoroj etib shim.ga Volga Bulgʻoriyasiga yurish qilgan, birok bulgʻorlarning qattiq qarshiligiga duch kelib, Moʻgʻulistonga qaytib ketgan (122425). Oʻqtoy qoonning Xitoyga qilgan yurishida (123035) qatnashgan. S. Botuxonnmng Sharqiy Yevropaga qilgan yurishi (123642)da bosh harbiy maslahatchi sifatida doimo u bilan birga boʻlgan.

Faxriddin Hasanov.