Sitora Farmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sitora Farmonova

Sitora Farmonova „Yotoqxona“ serialini olish paytida
Tavalludi 20-avgust 1984-yil (1984-08-20) (39 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi va qiziqchi
Faoliyat yillari 2000 — hozirgacha
Yoʻnalish pop

Sitora Farmonova (1984-yil 20-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek film aktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchisi. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi. Farmonova yana rejissor Veit Helmerning „Baikonur“ (2011) filmida oʻynagan roli bilan taniqlidir. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U „Bahor-kuz“, qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda tanildi. Qoʻshiqqa muxlislar hamda tanqidchialr yuqori baho berdi.

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. 2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.[1]

Hayoti

Sitora Farmonova 1984-yilning 20-avgustida Buxoro shahrida tugʻilgan. 13 yoshligida oilasi bilan Toshkentga koʻchib oʻtgan. Uning ukasi va singlisi bor. Farmonova Sanʼat institutini bitirgan.[2]

Ijodi

Sitora Farmonova oʻzbek, qozoq hamda qirgʻiz rejissorlarning bir qator filmida rol oʻynagan. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi.

Farmonova Veit Helmerning 2011-yil olingan „Baikonur“ filmida oʻynagan roli bilan xalqaro shuhrat qozondi.[3] Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.[4] Filmda Farmonova Nazira rolini oʻynagan. Nazira radio aloqlarni hamva fazogirlikni sevuvchi, oʻzini Gagarin deb atovchi bosh qahramon Iskandarni sevib qoladi.

Farmonova yana 2013-yil Qirgʻizistonda suratga olingan „Общага“ („Yotoqxona“) serialida ham rol oʻynagan.[5] Serial yaxshi kutib olinda va aktrisa Qirgʻizistonda shuhrat qozondi.

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U Oʻzining oʻzbek qoʻshiqchisi Mirjamol bilan aytgan „Bahor-kuz“ dueti bilan Oʻzbekistonda tanildi. Muxlislar va tanqidchilar qoʻshiqni yuqori baholashdi.[6] Qirgʻiz qoʻshiqchisi Mirbek Atabekov bilan aytgan „Эки журок/Ikki yurak“ ashulasi „Общага“ („Yotoqxona“) seriali soundtrackiga kiritildi.[7]

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi.[8][9] Jamoa turli mamlakat fuqarolari — tojikistonlik, oʻzbekistonlik, qozogʻistonlik hamda qirgʻizistonlik oʻyinchilardan tashkil topgan.[10]

2016-yilgi mojaro

2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.[11][12]

Diskografiyasi

Kliplari

Yil Qoʻshiq Rejissor
2009 „Bahor-kuz“ (Mirjamol bilan)
2013 „Ayt“
2016 „Chamanda gul“ Izzat Lutfullayev

Filmografiyasi

Film
Yil Film Rol Izoh
2003 Don Juan
2004 Marjona Nargiza
Sarvinoz Nargiza
Xavfli burilish Dilorom
2006 Uchinchi tilak Shahnoz
2008 Kelgindi qaynona Yulduz
2009 Makrli dunyo Dilobar
Qasd
Sunami 2
2010 Dinozavr qoldirgan iz Mohira
Qadrdonlar
Umid Malika
2011 Baikonur Nazira
Mening akam boʻydoq! Raʼno
2012 Endi dadam boʻydoq? Raʼno
2013 Soddagina qiz Muyassar
2014 Baxt ortidan Lola
2017 Orzudagi ayol
2017 Muzlagan Hamshira
Televideniye
Yil Serial nomi Rol Izoh
1998-2003 Ayol zoti
2006 Maftuna Maftuna
2013 Общага Meerim
Kliplar
Yil Qoʻshiq Artist
2004 „Dilorom“ Ravshan Sobirov
2006 „Begʻuborim“ Firdavs N
„Zamonaviy“ Manzura
2009 „Radiostansiya“ 100%

Manbalar

  1. Абдуваитова, Айдана „Участницу "Азия MIX" Ситору Фармонову лишили лицензии на выступление“. ЗАО "Издательский дом "Вечерний Бишкек" (20 июля 2016 16:13). Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
  2. Ситора Фармонова: Всегда вперёд!
  3. Baikonur. Clevelandfilm. 2-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2-avgust 2012-yil sanasida arxivlangan)
  4. „Uzbek Actress Stars for the First Time in a Movie Produced by a German Filmmaker“ (ruscha) (2011-yil 5-sentyabr). 22-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2012-yil.
  5. Karimova, Gulchehra. „Eldiyar Kenensarov Presents the TV Series The Dorm“ (ruscha). Vecherniy Bishkek (4-mart 2013-yil). Qaraldi: 14-aprel 2016-yil.
  6. „Super Release: Mirjamol and Sitora Farmonova - Bahor-kuz“ (Uzbek). Shou-biznes. 18-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2012-yil.
  7. „New Song: Mirbek Atabekov and Sitora Farmonova - Two Hearts“ (ruscha). Limon (3-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2014-yil.
  8. „Sitora, the Beauty of Asia MIX: I was a Bukharan Tomboy“ (ruscha). Sputnik (29-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 14-aprel 2016-yil.
  9. „Sitora Farmonova: Always Forward!“ (ruscha). KVN (25-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 14-aprel 2016-yil.
  10. „Actress Sitora Farmonova Takes Part in KVN as a Member of a Bishkek Team“ (oʻzbekcha). Daryo (22-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 14-aprel 2016-yil.
  11. „„KVN“da millatini kulgiga qoldirgan oʻzbek aktrisasi Sitora Farmonova litsenziyasidan mahrum boʻldi“. Darakchi (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  12. „„Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasi 3 nafar xonandaning litsenziyasini tugatdi“. Kun (2016-yil 19-iyul). Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]

Havolalar