Shanxay hamkorlik tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti,
xitoycha: 上海合作组织
ruscha: Шанхайская организация сотрудничества

Davlat rahbarlari hujjatlarni imzolash jarayoni

  Aʼzolar
  Kuzatuvchilar
  Muloqat boʻyicha hamkorlar
Turi Xalqaro tashkilot
Ishga tushgan sanasi 15-iyun 2001-yil[1]
Joylashuvi Pekin, XXR Xitoy
Asoschi(lar)i Qozogʻiston,
Xitoy,
Qirgʻiziston,
Rossiya,
Tojikiston,
Oʻzbekiston
Bosh kotib Chjan Min[2]
Ijrochi kotib Xitoy Zhang Ming
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Oʻzbekiston Ruslan Mirzayev[3]
Aʼzolari

9 aʼzo davlatlar[4]



3 ta kuzatuvchi davlat



6 muloqat boʻyicha hamkorlar


Vebsayti www.sectsco.org
Til(lar)i Rus, Xitoy
Shanghai Cooperation Organization after 2022 Samarkand Summit.png

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat.

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.

Tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar:

ShHT ijroiy kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Davlat Ism
1 2012 Rossiya bayrogʻi Rossiya Dmitriy Mezentsev
2 2021—2022-yillar Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Vladimir Norov

Tashkilot faoliyati 1996-yilda Rossiya va Xitoy davlatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan boshlangan. Shu yili ShHT aʼzoligiga Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va 2001-yilda Oʻzbekiston kelib qoʻshilgan.

ShHTning boshqa sobiq SSSR hududi joylashgan hududiy tashkilotlardan farqi ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy, Hindiston va Pokiston ham qoʻshilgan.

Eron islom respublikasi endi toʻlaqonli aʼzo.

Kuzatuvchi davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlatlariga Moʻgʻuliston, Afgʻoniston, Belorussiya kiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

ShHT aʼzo-davlatlari boshliqlarining uchrashuvlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Oʻtkazilgan joyi Davlat Yigʻilishlar
1 26-27 1996 Shanxay Xitoy bayrogʻi Xitoy
2 24-25 1997 Moskva Rossiya bayrogʻi Rossiya
3 3-4 1998 Almati Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
4 25-26 1999 Bishkek Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
5 4-5-iyun 2000 Dushanbe Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
6 14-15-iyun 2001 Shanxay Xitoy bayrogʻi Xitoy
7 7-iyun 2002 Sankt-Peterburg Rossiya bayrogʻi Rossiya
8 28-29-may 2003 Moskva Rossiya bayrogʻi Rossiya
9 17-iyun 2004 Toshkent Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Toshkent sammiti
10 5-iyul 2005 Nur-Sulton Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
11 14-15-iyun 2006 Shanxay Xitoy bayrogʻi Xitoy
12 16-avgust 2007 Bishkek Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
13 28-avgust 2008 Dushanbe Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
14 15-16-iyun 2009 Yekaterinburg Rossiya bayrogʻi Rossiya
15 10-11-iyun 2010 Toshkent Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Toshkent sammiti
16 14-15-iyun 2011 Ostona Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
17 6-7-iyun 2012 Pekin Xitoy bayrogʻi Xitoy Pekin sammiti
18 13-14-sentyabr 2013 Bishkek Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
19 11-12-sentyabr 2014 Dushanbe Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Dushanbe sammiti
20 9-10-iyul 2015 Ufa Rossiya bayrogʻi Rossiya
21 23-iyun-24-iyun 2016 Toshkent Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Toshkent sammiti
22 8-iyun-9-iyun 2017 Ostona Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston Ostona sammiti
23 9-iyun-10-iyun 2018 Sindao Xitoy bayrogʻi Xitoy
24 2019 Bishkek Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
25 2020 Chelyabinsk Rossiya bayrogʻi Rossiya
26 2021 Dushanbe Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
27 15–16-sentabr 2022-yil Samarqand Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Samarqand sammiti

Tashkiliy tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kun.uz [1]