Sfragistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sfragistika (yun. sphragis — muhr) — tarix fanining muhrlarni oʻrganadigan sohasi. 18-asrda diplomatiyaning boʻlimi sifatida shakllana boshlagan. Vazifasi hujjatlarni tasdiqlashdan hamda ularning haqiqiyligini aniklashdan iborat boʻlgan. 19-asr oxiridan Sfragistikaning qad. davlat muassasalarining shakllanishi va rivojlanishi tarixini oʻrganadigan fan sifatidagi yangi davri boshlangan. Sfragistika davlat apparatidagi islohotlarni aks ettiruvchi muxrlarni xronologik tavsiflash asosida rivojlanib bordi. Sfragistika materiallari amaliy sanʼat, geraldika, numizmatika, onomastikani oʻrganishda, qad. arxivlarni aniqlashda muqim manbadir. Muhrni 10— 15-asrlarda faqat oliy hokimiyatdagi kishilar qoʻllagan va oʻz tipik belgilari bilan knyaz, yepiskop (Rossiya), shahar hokimi, mingboshi, noib, qozi, muftiy muhri (Oʻrta Osiyo) va boshqalarga boʻlingan

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]