Senat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qadimgi Rim senati. Tsitseron Katilinani ayblamoqda, Sezare Maccari surati

Senat (lotincha: senātus; от lotincha: senex soʻzidan olingan — tarj. «qariya») — davlat hokimiyatining yuqori organi boʻlib, koʻpincha qonunchilik kengashlarining (parlament) yuqori palatasi shunday nomlanadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qad. Rim Respublikasi davrida oliy hokimiyat organi; 2) Rossiyada 1711 — 1917-yillarda hokimlik qiluvchi S. — qonun chiqaruvchi va davlatni boshqaruvchi oliy davlat organi. 19-asrning 1-yarmidan oliy sud organi; 1864-yildan esa oliy kassatsiya instansiyasi. Bosh prokuror tomonidan boshkarib turilgan (uning oʻzi 1802-yildan adliya vaziri). Senatorlarni imperator tayinlagan; 3) bir kancha davlatlarda (Italiya, Fransiya, AQSH, shuningdek, Oʻzbekistonda ham) parlament yuqori palatasining nomi. Odatda, quyi palataga nisbatan boshqacha tartibda saylanadi. Federatsiyalarda (masalan, AQShda) har qaysi shtatdan 2 tadan senator saylanadi; odatda, senatorlarning 1/3 qismi har 2—3 yilda almashtirib turiladi. Baʼzi hollarda S. muayyan sud vakolatlariga ega boʻladi.

Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasida Senati aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 4 kishidan saylanadi. S.ning 9 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, i.ch. sohasida, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqdarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi S.ining (jami 65 senator) vakolat muddati 5 y. Uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida"gi (2002-yil 4 aprel), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida"gi (2002-yil, 12 dekabr) konstitutsiyaviy qonunlarga, shuningdek, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida"gi (2003-yil 29 avgust) konunga muvofiq tashkil etiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil