Satlaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Satlaj
Tavsif
Uzunligi 1 500
Joylashuvi
Davlat Xitoy, Hindiston va Pokiston
Satlaj

Satlaj, Sutlej (quyi qismida Panjnad) — Pokiston, Hindiston va Xitoydagi daryo, Hind daryosining eng katta (chap) irmogʻi. Uzunligi 1450 km, havzasining maydoni 395 ming km². Tibet togʻligidagi Kaylak tizmasidan boshlanadi. Himolay togʻlarining shim. etagidagi tor daralardan oʻtgach, Panjob tekisligidan oqadi. Yirik irmoklari: Bias va Chinob. Oʻrtacha suv sarfi Rupar sh. yaqinida 500 m³/sek., yoz oylarida 20 ming m³/sek.ga yetadi. Suv oqimini tartibga solish maqsadida toʻgʻonlar, togʻlardan tekislikka chiqqan qismida BhaqraNangal gidrotexnika kompleksi qurilgan. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim qismlarida kema qatnaydi. S boʻyida Nangal, Bahavalpur sh.lari joylashgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil