Sardiniya qirolligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sardiniya qirolligi (Pye mont) — Italiyada mavjud boʻlgan davlat (1720—1861). Savoyya gersogligiga Sardiniya o.ni qoʻshilishi bilan barpo etilgan. Sardiniya qirolligini Savoyya sulolasi boshqargan. Parchalangan Italiyani 19-asrda birlashtirish jarayoni Sardiniya qirolligi negizida sodir boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil