Roʻmol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Roʻmol – ayollar bosh kiyimi; boshga oʻraladigan toʻrtburchak shaklidagi mato. Jun, ip, ipak, sunʼiy tolalardan toʻqib, matolardan tikib tayyorlanadi, doka roʻmol, shol roʻmol, gʻijim roʻmol, tivit roʻmol va boshqa xillari bor. Amaliy bezak sanʼatida murabba shakldagi matoga ip, ipakda kashta tikib ham tayyorlanadi; Oʻrta Osiyo xalqlari orasida, shuningdek, katta roʻmol ichidan oʻraladigan peshanaband turi ham mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil