Rizoshoh Pahlaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rizoshoh Pahlaviy (1878.16.3, Mozandaron — 1944.26.7, Yoxannesburg) — Eron shohi (1925—41). Pahlaviylar sulolasi asoschisi. Dastlab Eron kazak brigadasida harbiy mansabdor. 1921-yil 21 fevralda mazkur brigada R. P. boshchiligida davlat toʻntarishi oʻtkazgan. 1921—23 yillarda harbiy vazir. 1923-yil oktabr — 1925-yil dekabrda bosh vazir. Qojarlar sulolasi tugatilgach, 1925-yil 12 dekabrda taʼsis majlisi R.P.ni Eron shohi deb eʼlon qilgan. R. P. davrida demokratik tashkilotlar va matbuot qattiq taʼqib ostiga olingan. 30-yillarning oʻrtalaridan fashistlar Germaniyasi bilan yaqinlashish siyosatini olib borgan. Sovet va ingliz qoʻshinlari Eron hududiga kirishi bilan (1941-yil avgust) taxtdan voz kechib, mamlakatni tark etgan. JARda vafot etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil