Rihard Zorge

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rihard Zorge (1895.22.9, Boku - 1944.7.11, Tokio) — mashhur razvedkachi, Ikkinchi jahon urushi qahramoni (1964 yil, oʻlimidan soʻng). 30—40-yillarda nemis jurnalisti sifatida Germaniya, Xitoy va Yaponiyada boʻlib, qimmatli razvedka maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan. SSSRga nemis-fashist qoʻshinlarining moʻljaldagi bostirib kirish vaqtini, diviziyalar soni va ularning harbiy harakatlari rejasining umumiy sxemasi haqida axborot bergan. 1941-yilda yapon politsiyasi tomonidan qoʻlga olinib, 1944-yil noyabrda qatl qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil