Rafiq Moʻmin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rafiq moʻmin (taxallusi; asl ism-sharifi Moʻminov Rafik,, 1900.7.2, Namangan — 1951.5.5) - shoir, dramaturg, pedagog. 1917-yilda Koʻqondagi dorilmualliminni tugatib, 1937-yil 27 mayda qatagʻon etilguniga qadar oʻqituvchilik qilgan. P.M. Fargʻona vodiysiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirib, "Zevak" ("Yozi bilan Zebo") va boshqa asarlarni yozib olgan (1923). Adabiy faoliyati 1920-yildan boshlangan. U 20-yillarning boshlarida Fargʻona vodiysida roʻy bergan fojiali voqealar taʼsirida Oʻgʻuzxon (H. Yoʻldoshqoriyev) bilan hamkorlikda "Yosh qurbonlar", shuningdek, "Gulyor" va "Yoriltosh" pyesalarini yozgan (1921). R.M.ning sheʼriy ijodida "Qapchigʻay" dostoni (1924) alohida oʻrinni egallaydi. Shoir bu dostondan tashqari, koʻplab lirik sheʼrlar, "Bolaxoʻr", "Kizil qiz", "Zanglagan pichoq", "Tyanshan qizi" singari dostonlar ham yozgan (1926—27).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil