Quldorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quldorlik jamiyati - insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat oʻrniga kelgan tuzim. Quldorlik jamiyatida — quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dehqonlar, hunarmandlar va boshqa ijtimoiy guruhlar ham mavjud boʻlgan. Eng qad. quldorlik davlatlari (Misr, Shumer) miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri — miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida vujudga kelgan. Quldorlik jamiyati Yunoniston (miloddan avvalgi 54asrlarda) va Qad. Rimda (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) yuksak darajada rivojlangan. Davr oʻtishi bilan bu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga toʻsiq boʻla boshlagan. Qullar qoʻzgʻolonlari quldorlikning yemirilishini tezlashtirgan.