Qobul Maqsetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maqsetov Qobul (1929.16.1, Qoʻngʻirot tumani — 2002.17.2, nukus) — qoraqalpoq (|yulklorshunosi. Oʻzbekistonda (1979) va Qoraqalpogʻistopda (1973) xizmat koʻrsatgan fai arbobi, filol. fanlari doktori (1966), professor (1968). Xoʻjayli psd. bilim yur-tini (1949) va Qoraqalpoq ped. institutini (1953) tugatgap. Avval maktabda oʻqituvchi (1949 — 53), keyinchalik mazkur intda qoraqalpoqadabiyoti kas|)yedrasida katta oʻqituvchi, mudir (1953—1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpo-giston (|)ilialining Tarix, til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, boʻlim mudiri (1959—1962), direktori (1963—1992). Ilmiy asarlari qoraqalpoq folkloriga, qoraqalpoq qahramonlik eggosiga bagʻishdangan. Uning qoraqalpoq tilidagi "Qoraqalpoq qahramonlik eposi „Qirq qiz“ (Nukus, 1962), „Qoraqalpoq qahramonlik dostonlari poetikasi“ (T., 1965), „Qoraqalpoq folklori estetikasi“ (Nukus, 1971), „Qoraqalpoq eposi. Qurbonboy Toji-boyev repertuaridagi dostonlarning badiiy xususiyatlariga doir“ (rus tili-da, 1976) asarlari qoraqalpoq folk-lorshunosligi rivojida muhim rol oʻynadi. „Folklor va adabiyot“ ("Nu-kus, 1975) maqolalar toʻplami hozirgi qora-qalpoq adabiyoti muammolariga bagishlangan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1976).